137
QPS
Complex
QT Interval
PR Interval
PR
Segment
ST
Segment
R
P
Q
s
T
Normal EKG.
EKGda 5 ta PQRST tishchalar bo‘ladi. P tishcha bo‘lmachalari
qo‘zg‘alishini
ifodalaydi, P tishcha kengligi 0,06–0,11 soniyagacha.
P tishcha kengayishi va 2 o‘rkachli bo‘lishi chap qorincha gipertro-
fiyasidan darak beradi.
P–Q interval impulsning bo‘lmachalardan qorinchalarga o‘tish
vaqti. Interval davomiyligi 0,12 soniyadan 0,2 soniyagacha.
Interval
davomiyligi 0,2 soniyadan oshishi atrioventrikular o‘tkazuvchan likning
sekinlashganligidan darak beradi.
138
QRS – qorinchalar kompleksi qo‘zg‘alishining qorinchalar bo‘ylab
tarqalish aksidir. Kompleks davomiyligi 0,07–0,11 soniya. QRS ken-
gayishi qorinchalar gipertrofiyasi, bo‘lmacha – qorinchalar tuguni oyoq
chalari blokadasidan darak beradi.
Agar Q-tishcha 1–2 uzatmalarda 0,03 soniyadan kengroq va R-tish-
dan chuqurroq va 3 uzatmada S dan kattaroq bo‘lsa, infarktga shubha
qilinadi.
ST interval qorinchalar qo‘zg‘alishi intensivligi
kamayishini aks
ettiradi. S–T, P–Q bilan bir sathdagi, deyarli
gorizontal chiziqdan
iborat. Normada yuqoriga yoki pastga siljish 1 mm dan oshmaydi.
O‘tkir koronar yetishmovchilikda do‘mpaygan ko‘rinish oladi.
T-tish qorinchalarning qo‘zg‘alishdan chiqishini aks ettiradi. AVR
uzatmadan tashqari barcha uzatmalarda musbat bo‘ladi. Patologiyada
kattalashishi, uchli, 2 fazali yoki tekislangan ko‘rinish olishi mumkin.
Q–T interval qorinchalarning to‘liq qo‘zg‘alish davrini o‘z
ichiga
oladi va yurak elektrik sistolasiga to‘g‘ri keladi. Normada sistolik
davomiyligi 0,24 soniyadan 0,55 soniyagacha bo‘ladi.
Gipertoniya,
YuIK da bu interval uzayadi.
Tibbiyot hamshirasi EKG olishni, bemorni
texnika xavfsizligiga
amal qilgan holda kardiomonitorga ulashni bilishi kerak. Monitor
kuzatuv olib borilayotgan og‘ir bemorlar EKG sidagi asosiy patologik
o‘zgarishlar (qorinchalar ekstrosistoliyasi, qorinchalar va bo‘lmachalar
fibrillatsiyasi, idioventrikular marom)ni bilishi va ular paydo bo‘lganda
shifokorni ogohlantirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: