M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Rentgenoskopiya usulida tekshirilayotgan organ tasviri ekranda 
hosil qilinadi. Bu usul yordamida o‘pka, yurak, katta qon tomirlari, 
ko‘krak oralig‘i, ovqat hazm qilish organlarining faoliyati o‘rganiladi. 
Buning uchun bemor ekran bilan rentgen trubkasi orasida, shtativ 
oldida turadi. Ko‘krak qafasini rentgenoskopiya qilganda yuqori 
kuchlanishli tok 50–70 kb (obyektivning zichligiga qarab), tok kuchi 
esa 3–4 mA bo‘lishi kerak. Ekranni yoritish yo‘li bilan qizilo‘ngach, 
me’da, ichak, o‘t pufagi va siydik yo‘llarini ko‘rganda texnik ko‘r-
satkichlar oshiriladi.
Rentgenografiya – rentgen nurlari yordamida organ va to‘qima-
larni rentgen plyonkasiga suratga olishga asoslangan. Rentgenografiya 
natijasi rentgenogramma deb ataladi.
Rentgenogrammada zich to‘qimalar yorug‘, yumshoq to‘qimalar 
bilan havo esa qora bo‘lib ko‘rinadi.
Rentgenogramma rentgenoskopiyaga qaraganda ozgina o‘zgarish-
larning aniq tasvirini beradi.
Odam organizmidagi turli organ va tizimlarni rentgenologik yo‘l 
bilan tekshirish rentgen nurlarining har xil zichlikdagi muhitlar orqali 
turli xil darajada o‘tish xossasiga asoslangan. Odamning to‘qima va 
organlari turli zichlikda bo‘lib, rentgen nurlarini turli darajada yutadi. 
Zich jismlar, tanalar hammadan ko‘ra katta, yumshoq to‘qima va havo 
hammadan kam zichlikka ega bo‘ladi. Zich to‘qimalar ekranga qora 
bo‘lib tushsa, havosi bo‘lgan organlar nurga solinganda yorug‘ joylar 
hosil bo‘ladi, ularning nechog‘liq yorug‘ bo‘lishi havo miqdoriga 
bog‘liq: havo qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘sha joy shunchalik yorug‘ 
bo‘ladi. Suyuqlik ham rentgen nurlarini ko‘p yutadi, suyuqlikdan hosil 
bo‘ladigan soya quyuqligi uning miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir.


141
 
Rentgenoskopiya apparati.
Zichligi jihatidan atrofdagi to‘qimalardan hamda organ va to‘qi-
malardan farq qilmaydigan organ va tizimlarni tekshirishda sun’iy 
kontrastlash usulidan foydalaniladi.
Rentgenokontrast moddalar rentgen nurlari kashf qilingandan 
keyin ko‘p o‘tmay taklif etilgan. Rentgenodiagnostikada ishlatiladigan 
rentgenokontrast moddalar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Nisbiy zichligi yuqori bo‘lgan rentgenokontrast moddalar. Bular 
rentgen nurlarini tutib qolib, tekshirilayotgan organ atrofidagi to‘­
qimalardan ancha quyuqroq bo‘lgan soyani tushiradi. Bu moddalarga 
yodamid, yodolipol, bilignost, yopan kislota, triombrast, bariy bi-
rikmalari va boshqalar kiradi.
2. Nisbiy zichligi tekshirilayotgan organdan kam bo‘lgan va rent­
gen nurlarini oson o‘tkazib yuboradigan rentgenokontrast moddalar. 
Bularga kislorod, geliy, azot (II) oksidi, karbonat angidrid gazi kiradi. 
Amalda kisloroddan ko‘proq foydalaniladi.
Kontrastlash usullari rentgenokontrast moddani qay tarzda yubo-
rishga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:
Rentgenokontrast modda odam tanasining tabiiy: burun, og‘iz, 
1. 
siydik chiqarish teshiklaridan yuboriladi.
Rentgenokontrast modda qon oqimiga (gematogen usulda) yubo­
2. 
riladi.


142
Rentgenokontrast modda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qimalarga, organ-
3. 
larga va tutash bo‘shliqlarga yuboriladi.
Kontrastlash usuli hazm organlari (qizilo‘ngach, me’da, ingichka va 
yo‘g‘on ichak)ni tekshirishda qo‘llaniladi. Buning uchun bariy sulfatning 
suvdagi emulsiyasidan foydalaniladi. Bemorga shu emulsiya ichiriladi 
yoki huqna (klizma) qilib yuboriladi. Rentgenoskopiya va rentgenogra­
fiya usullari bir­birini to‘ldirib, organ holati to‘g‘risida yetarli ma’lumot 
olishda, kasallikni aniqlash va tashxis qo‘yishda katta yordam beradi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling