Qariyalarning ruhiy-ijtimoiy xususiyatlari
Nafaqaga chiqish va foyda kamayishiga moslashish. Ko‘p qarilar-
ning ishdan ketishiga to‘g‘ri keladi. Lekin davlat nafaqa ajratadi va
ular ning moliyaviy ahvoli avvalgidek qoladi. Nafaqaga chiqish faqat-
gina ishdan ketish emas, balki ko‘plab moliyaviy muammolar va hayot
qadrini yo‘qotish kabilarni keltirib chiqaradi.
Turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng moslashish. Ishni yo‘qo-
tish, nafaqaga chiqish kabi turmush o‘rtog‘ini yo‘qotish ham qarilar uc-
hun ruhiy jarohatdir.
Yillar o‘tar ekan, yaqin kishisini yo‘qotishdan qochib bo‘lmaydi.
Shuning uchun yaqin kishisini yo‘qotgan inson yashashdan maqsadini
yo‘qotmasligi, aksincha, qolgan yaqinlari bilan yashashda davom etishi
yoki yangi oila qurishi kerak.
Bir xil yoshdagi odamlar orasidagi muloqot. Keksa odamlar o‘z
xotiralari bilan bo‘lishishni yaxshi ko‘rishadi. Ular hayotlaridagi qiyin-
chiliklar, har xil holatlar haqida so‘zlab berishadi. O‘zi haqida gapirib
turib, keksa odam tinglovchiga aylanadi. Keksa kishilar suhbatdosh
bo‘lgani uchun, bir-birini yaxshi tushunishadi.
Yangi ijtimoiy-fuqarolik majburiyatlarini qabul qilish. Xiz-
matdan ketish natijasida, qari kishilar ish mobaynida o‘rnatilgan muno-
sabatlar va jamiyatdagi faoliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun bu odam-
lar hayot qadrini yo‘qotmasliklari uchun, biz ularga yangi ijtimoiy va
fuqarolik majburiyatlarini taqdim etib, ularni amalga oshirish uchun
sharoitlar yaratib be rishimiz kerak.
Qariyalarning ruhiy xususiyatlari
Qariyalarning individual emotsional xususiyatlari. Yosh o‘tishi
bilan kishilar noemotsional bo‘lib boradi, aniqrog‘i, o‘z his-tuyg‘ularini,
xursandchilik, jahl va boshqalarga emotsional javobini ko‘rsatmaydi.
Keksalarda emotsional reaksiyani chaqirish juda qiyin, chunki ular
uzoq yashagan va ko‘p narsa ko‘rishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |