M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Qariyalarning ruhiy-ijtimoiy xususiyatlari


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Qariyalarning ruhiy-ijtimoiy xususiyatlari
Nafaqaga chiqish va foyda kamayishiga moslashish. Ko‘p qarilar- 
ning ishdan ketishiga to‘g‘ri keladi. Lekin davlat nafaqa ajratadi va 
ular ning moliyaviy ahvoli avvalgidek qoladi. Nafaqaga chiqish faqat-
gina ishdan ketish emas, balki ko‘plab moliyaviy muammolar va hayot 
qadrini yo‘qotish kabilarni keltirib chiqaradi.
Turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng moslashish. Ishni yo‘qo-
tish, nafaqaga chiqish kabi turmush o‘rtog‘ini yo‘qotish ham qarilar uc-
hun ruhiy jarohatdir.
Yillar o‘tar ekan, yaqin kishisini yo‘qotishdan qochib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun yaqin kishisini yo‘qotgan inson yashashdan maqsadini 
yo‘qotmasligi, aksincha, qolgan yaqinlari bilan yashashda davom etishi 
yoki yangi oila qurishi kerak.
Bir xil yoshdagi odamlar orasidagi muloqot. Keksa odamlar o‘z 
xotiralari bilan bo‘lishishni yaxshi ko‘rishadi. Ular hayotlaridagi qiyin-
chiliklar, har xil holatlar haqida so‘zlab berishadi. O‘zi haqida gapirib 
turib, keksa odam tinglovchiga aylanadi. Keksa kishilar suhbatdosh 
bo‘lgani uchun, bir-birini yaxshi tushunishadi.
Yangi ijtimoiy-fuqarolik majburiyatlarini qabul qilish. Xiz-
matdan ketish natijasida, qari kishilar ish mobaynida o‘rnatilgan muno-
sabatlar va jamiyatdagi faoliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun bu odam-
lar hayot qadrini yo‘qotmasliklari uchun, biz ularga yangi ijtimoiy va 
fuqarolik majburiyatlarini taqdim etib, ularni amalga oshirish uchun 
sharoitlar yaratib be rishimiz kerak.
Qariyalarning ruhiy xususiyatlari
Qariyalarning individual emotsional xususiyatlari. Yosh o‘tishi 
bilan kishilar noemotsional bo‘lib boradi, aniqrog‘i, o‘z his-tuyg‘ularini, 
xursandchilik, jahl va boshqalarga emotsional javobini ko‘rsatmaydi.
Keksalarda emotsional reaksiyani chaqirish juda qiyin, chunki ular 
uzoq yashagan va ko‘p narsa ko‘rishgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling