20
kerak vaqt uzayadi. Agar vaqtni qat’iy chegaralamasa, vazifani muvaf-
faqiyatli bajarishi mumkin. Qarilikda yig‘ilgan tajriba va axborotlarga
asoslangan holda vazifalarni bajarish qobiliyati asosiy rol o‘ynaydi.
Qariyalarda kayfiyati bilan bog‘liq muammolar
Qariyalarda yosh o‘tishi bilan sezgi
organlari funksiyasi yomon-
lashadi, natijada axborot qabul qilish pasayadi. Shuning uchun qari-
yalar o‘zlarini
jamiyatdan begonadek sezadilar, qarilikda arzimagan
narsaga ham darrov xavotirlanadigan bo‘lib qoladi. Ko‘pincha xavotir
o‘zining sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bunda ularga yaqinlari
g‘amxo‘rlik qila yotgandek tuyuladi. Bunday salbiy emotsiyalar hay-
otiy tonusni
pasaytirib yuboradi va bu, o‘z navbatida,
qarilik kech-
ishini og‘irlashtiradi.
Qariyalar va keksalarga e’tibor, sabr-toqat bilan qaralsa, ular qari-
lik kechinmalaridan qutulishadi. Xavotir, xavfsirash, qo‘rquv real
biologik va ijtimoiy sabablar bilan tushuntiriladi. Ba’zida
ularni os-
hirib yuborishadi. Turli stress-omillarga sezgirlik oshadi,
hattoki ar-
zimagan jismoniy va ruhiy ta’sirlovchilar qariyalarda turli ruhiy va
somatik kasalliklarni paydo bo‘lishiga yoki rivojlanib ketishiga sabab
bo‘ladi.
Qariyalarning ijtimoiy xususiyatlari
Qarilar ijtimoiy statusining o‘zgarishi turli omillarga bog‘liq, masa-
lan,
pensiyaga chiqish, yaqin qarindoshi yoki do‘stini yo‘qotish yoki
o‘limi va boshqalar.
Jamiyatdan ketish natijasida qari kishilar ish davrida o‘rnatgan
munosabatlar va jamiyatdagi faoliyatidan ayriladi. Yaqinlari, do‘st-
larining o‘limi tufayli munosabatlar yana ham qisqaradi.
Aynan shu
holat ularda yolg‘izlik va depressiya hissini paydo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: