M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Ovqat bilan bog‘liq g‘oyalar va ovqat qabul qilish


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Ovqat bilan bog‘liq g‘oyalar va ovqat qabul qilish 
bo‘yicha instruktaj
Isitmalayotgan bemorga ko‘p miqdorda suyuqlik beriladi, kuniga 
1,5 litrgacha. Ovqat yengil hazm bo‘ladigan, vitaminlarga boy 
bo‘lishi kerak. Ovqatni tez-tez, kam-kam berish kerak. Kasalxonada 
isitmalayotgan bemorning ovqatini hamshira yediradi, suyuqlik 
ichiradi. Bemor uyda davolanayotgan bo‘lsa, hamshira bemorning 
qarindosh lariga uni nima bilan, qanday ovqatlantirish kerakligini 
tushuntiradi.
Bundan tashqari, aspiratsiya natijasida pnevmoniya rivojlanishining 
oldini olish uchun bemorning chaynov va yutish funksiyalari holatini 
hisobga olgan holda ovqatni to‘g‘ri tanlash, ovqat qabul qilayotganda 
to‘g‘ri tana holatini tanlash kerak, e’tiborli bo‘lish, konsentratsiyasi 
buzilgan bemorlarga osoyishta ovqat yeyishi uchun qanday sharoitlar 
yaratish kerakligi o‘rgatiladi.
Nafas va balg‘am ajratish bo‘yicha instruktaj
To‘shakda o‘tira olmaydigan bemor ham oyoq va qo‘llari bilan 
passiv va faol harakatlar, o‘pka ventilatsiyasi maqsadida bir necha 
chuqur nafas olish va chiqarish harakatlarini bajarishi o‘pkalar 
tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini oladi. 
Bunday mashqlarni bemor kuniga 2–3 marta bajarishi kerak.
Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini rejalashtirib amalga oshirish
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxona tashqi va ichki pnevmo-
niyalar ning katta qismini aspiratsion pnevmoniya tashkil qiladi. Bu 
pnevmoniyalar asosan yashirin aspiratsiya tufayli yuzaga kelganligi 
uchun yashirin aspiratsiya xavfi yuqori bo‘lgan, ya’ni insult va tana 
harorati bir necha marta ko‘tarilishi natijasida ovqatni qabul qilish va 
yutish funksiyalari buzilgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini 
o‘tkazish zarur.
Tishlarini o‘zi mustaqil yuva olmaydigan og‘ir bemorlarda og‘iz 
bo‘shlig‘ini hamshira, uyda esa oila a’zolari tozalashadi. Har safar 
ovqat yeyilgandan keyin hamshira shpatel, paxta yoki doka sharikni 
olib, uni furatsillinning suvli eritmasi yoki choy sodasi eritmasiga 
ho‘llab, bemorning tishlarini, milklarini, til va lunjning shilliq qavatini 


51
tozalaydi. Shundan keyin shu eritma bilan bemorga og‘zini chayish 
tavsiya qilinadi. Yuvishdan oldin bemor o‘tqiziladi yoki yarim o‘tirgan 
holda yotqiziladi (suyuqlik nafas yo‘llariga tushmasligi uchun), bo‘yin 
va ko‘krak qismi kleyonka bilan yopiladi, dahan tagiga lotok yoki 
tog‘oracha qo‘yiladi. Navbat bilan og‘iz burchaklari shpatel bilan 
tortilib, og‘iz bo‘shlig‘i uncha yuqori bo‘lmagan bosim ostidagi oqim 
bilan yuviladi. Olinadigan tish protezlari bo‘lgan bemorlarga kechasi 
ularni olib qo‘yish, sovun bilan yaxshilab yuvish va ertalabgacha 
quruq toza stakanga qo‘yish, ertalab esa yuvib, keyin ishlatish tavsiya 
qilinadi. Parvarish rejasiga og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini kiritish va 
uni amalga oshirish pnevmoniyaning oldini oladi va pnevmoniyadan 
tuzalish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling