M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Og‘iz orqali uzoq vaqt dori qabul qilinganda


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Og‘iz orqali uzoq vaqt dori qabul qilinganda 
qo‘llab-quv vatlash
Quyida dori bilan davolanayotgan qari bemorni nazorat qilish 
mazmuni keltirilgan:
Bemor shifokor tavsiya qilgan dorilarni qabul qilayotgani tek shi-
riladi, be morga yuragining holatini hisobga olgan holda tushunarli 
so‘zlarda dorining samarasi va uni qabul qilish muhimligini 
tushuntirish. Ba’zi hollarda jadval tuzib, bemor dori qabul qilayotgani 
yoki qilmayotganini jadvalda belgilash.
Yurak glikozidlari digitalisdan zaharlanishga, diuretiklar esa 
gipo kaliyemiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ularning 
simptomlarini kuzatib borib, ular paydo bo‘lganda shifokorga xabar 
berish kerak.
Arterial bosimni tushiradigan dorilar qabul qilinganda o‘rnidan 
tur ganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan ortostatik buzilishlarni hisobga 
olgan holda tananing bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazilishini 
ta’minlash.
Ovqatlanish, suyuqlik qabul qilish, arterial bosimni ushlab turish, 
qabziyatning oldini olish.
Bunda ovqat tarkibida tuz 6–10 g ni tashkil qilishi kerak, ovqat 
yengil hazm bo‘ladigan va sifatli, oqsillarga bo‘y bo‘lishi kerak. 
Shifokor tavsiya qilgan suyuqlik miqdoridan ko‘p ichmaslik kerak. 
Osh tuzi kam bo‘lgan ovqat iste’mol qilinganda bemorda ta’m 
sezishning o‘zgarishi (sho‘r ta’mni sezish qobiliyatining buzilishi) 
muammosi paydo bo‘ladi va bemor bunday ovqatni yeyishdan bosh 
tortishi mumkin. Shuning uchun ovqatni shunday tarkibda tayyorlash 
kerakki, (ziravorlar, tuz o‘rnini bosuvchilar bilan) bemor uni yesin. 
Kasalxonadan chiqqandan keyin bemorning oila a’zolari ushbu sha-
roitlarni davom ettirishda yordam berishlari kerak.
iv.2. Qariyalardа nаfаs оlish tizimi kasalliklarida 
hamshiralik parvarishi
60 yoshdаn оshgаn оdаm оrgаnizmining ko‘krаk­suyak muskul 
skelеtidа distrоfik­dеgеnеrаtiv o‘zgаrishlаr ro‘y bеrаdi, ko‘krаk 
qаfаsi dеfоrmаtsiyalаnib, bоchkаsimоn tus оlаdi vа hаrаkаtlаnishi 


46
chеklаnаdi. Bu o‘zgаrishlаr o‘pkа vеntilatsiyasigа nоjo‘ya tа’sir ko‘r­
sаtаdi. Brоnx dеvоrining muskul qаvаti аtrоfiyagа uchrаb tоrаyadi
shilimshiq to‘plаnаdi, brоnxlаrning pеristаltikаsi pаsаyib, bаlg‘аm 
ko‘chishi susаyadi. 60 yoshdаn o‘tgаch, o‘pkаning biriktiruvchi to‘­
qimаsidа dеstruktiv o‘zgаrishlаr ro‘y bеrаdi. O‘pkа аrtеriya vа 
аrtеriоlаlаridа rivоjlаngаn fibrоz ulаrning elаstikligini pаsаytirаdi. 
O‘pkа to‘qimаsidаgi yosh bilаn bоg‘liq o‘zgаrishlаr o‘pkаning tiriklik 
sig‘imini аnchа kеngаytirаdi.
Qariyalаrdа аrtеriаl qоnning kislоrоd bilаn to‘yinishi pаsаyadi, 
аrtеriаl gipоksеmiya rivоjlаnаdi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling