M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Bemor sog‘lig‘ini tiklaydigan hamshiralik parvarishi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Bemor sog‘lig‘ini tiklaydigan hamshiralik parvarishi
To‘shakdan erta turish. Bemorning hozirgi vaqtdagi qobiliyat-
larini saqlab turish va uning pasayishini oldini olish uchun o‘tkaziladi. 
To‘shakda passiv va faol harakatlarni bajarish erta o‘rindan turishga 
tayyorgarlik sifatida xizmat qiladi.
Sog‘lom oyoq muskullarini mustahkamlash:
bo‘g‘imlar harakatchanligi diapazonida mashqlar bajarish (oyoq, 

tizza, chanoq­son bo‘g‘imi), izometrik zo‘riqish, qarshilik bilan 
mashqlar;
zararlangan oyoq muskullarini qo‘llab-quvvatlash: qarshilik 

bilan mashqlar bajarish;
qo‘llar muskullarini mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash: 

qarshilik bilan mashqlar;
ottovonni profilaktika qilish;

krovatga o‘tirgan holatni saqlab turish: yarim o‘tirgan holatdan 

boshlab,sekinlik bilan o‘tirgan holatga olib borish.
Yuqorida ko‘rsatilgan mashqlarni qari bemor ahvolini to‘liq tahlil 
qilinib, fizioterapevt­shifokor bilan maslahatlashgandan so‘nggina 
o‘tkazilishi kerak.
Bunda, albatta mashqlardan keyin, bemorning charchog‘i keyingi 
kunga qolmasligi uchun dam olishni tashkil qilish kerak.
O‘z-o‘zini parvarish qilish qobiliyatini oshirish va qo‘llab-
quv vatlash. Yotoq rejimida parvarishni asosan hamshira qiladi, lekin 
bemor yotgan holda bo‘lsa ham, uning ba’zi harakatlarini qo‘llari 


83
bilan bajarishini nazorat qilish kerak (yuzni artish). To‘shakdan erta 
turishni operatsiyadan keyingi erta davrlarda amalga oshirish kerakligi 
uchun iloji boricha uning rejimi darajasiga qarab o‘zini parvarish 
qilishini stimulatsiya qilish lozim. Har kunlik harakatlar diapazoni 
kengaygandan keyin o‘zi bajara oladigan harakatlarni bajarish uchun 
bemorni va sharoitlarni tayyorlash kerak.
iv.7. Qariyalarda ko‘zdаgi yosh bilаn bоg‘liq o‘zgаrishlаr 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling