M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Uy shаrоitidа yashаsh mаsаlаlаri bo‘yichа yo‘riqnоmа


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Uy shаrоitidа yashаsh mаsаlаlаri bo‘yichа yo‘riqnоmа
Bеmоrni o‘rgаtish. Buyrаkdа qаytа tоsh bo‘lishning оldini 
оlish usullаrini o‘rgаtish. Turmush оdаtlаrini qаytа ko‘rib chi qish: 


175
ovqаt lаnish, suyuqlik qаbul qilish (kunigа 1500 ml dаn оrtiq) 
оdаtlаri. Siydik chiqаrish yo‘llаri infеksiyasining оldini оlish, 
tоzаlikni sаqlаsh.
Оilа а’zоlаrini o‘rgаtish. Qаytа tоsh hosil bo‘lishning оldini 
оlishgа qаrаtilgаn o‘qishni bеmоr bilаn birgаlikdа o‘tаsh.
naZorat savollari:
Urologiya tibbiyotda qaysi yo‘nalish bilan shug‘ullanadi?
1. 
Sistoskopiya nima?
2. 
Xromotristoskopiyada qaysi kontrast modda ishlatiladi?
3. 
Siydik yo‘llarini kateterlashda qaysi endoskopik apparat ishlati-
4. 
ladi?
Ko‘tariluvchi piyelografiyada nimalarni aniqlash mumkin?
5. 
Siydik­tоsh kаsаlligi klinik belgilari.
6. 
Prоstаtа bеzi аdеnоmаsi klinik belgilari.
7. 
Litоtоmiya operatsiyasi bo‘lgаn bеmоrlаrdа hаmshirаlik pаrvаrishi.
8. 
O‘tkir buyrаk xurujidа shоshilinch yordаm.
9. 
Prоstаtа bеzi аdеnоmаsi klinik belgilari.
10. 
1.16. o‘smalar
o‘smalar haqida tushuncha. O‘sma deganda to‘qimalarning 
patologik ko‘payishi tushuniladi. U turli xil sabablarga ko‘ra 
hosil bo‘ ladi va normal moddalar almashinuvi holatlari bilan farq 
qiladi.
O‘smaning xususiyati hujayralarning beto‘xtov ko‘payishi 
hisob lanadi. Gistologik jihatdan ko‘pchilik o‘smalar a’zo yoki 
to‘qimalarga birmuncha o‘xshash tuzilgan. O‘sma o‘zini tashkil 
qilgan asli to‘qima (parenxima) va ushlab turadigan to‘qima – 
tomirlar, nervlar, biriktiruvchi to‘qima (stroma)dan iborat. Shu 
bilan birga o‘smaning tuzilishi sog‘lom a’zo yoki to‘qimaning 
tuzilishidan katta farq qiladi. Xavfsiz va xavfli o‘smalar tafovut 
qilinadi.
Xavfli o‘smalar yosh yetilmagan to‘qimadan o‘sib ko‘payadi. 
Ular tez o‘sadi. Qo‘shni to‘qimalarga o‘sib kirish va o‘sma 
hujayralarining limfa (limfogen) yoki qon tomirlar (gemotogen yo‘l) 


176
sistemasi orqali a’zolar va to‘qimalarga o‘tishga (metastazlanish) 
moyilligi bilan ajralib turadi.
O‘sma olib tashlangandan keyin u yana shu sohada o‘sishi 
mum kin (retsediv). O‘smaning qo‘shni to‘qimalarga o‘sib 
kirishi o‘sma hujayralarining to‘qimalar ich-ichiga o‘sib kirishi, 
qo‘shni to‘qimalarning yemirilishi va o‘rin almashinuvi yo‘li 
bilan sodir bo‘ladi. Bunday o‘sish infiltratsiya yo‘li bilan o‘sish 
deyiladi. Metastatik o‘sma onalik o‘sma tuzilishiga ega va xuddi 
shunday tez suratda o‘sishi bilan farq qiladi. Xavfli o‘smalardan 
organizmning holdan toyishi – kaxeksiya kuzatiladi. Xavfli 
o‘smalar to‘qimalarni yemirishi natijasida parchalanadi. Rivoj-
langan to‘qimasiga qarab rak va sarkoma farqlanadi: rak – 
epiteliy hujayralardan rivojlanib, eng ko‘p uchraydigan xavfli 
o‘sma; sarkoma – biriktiruvchi to‘qimadan rivojlanadigan xavfli 
o‘sma.
Xavfli o‘smaning rivojlanishida to‘rt davr farqlanadi:
1. O‘smaning mahalliy o‘sishi.
2. O‘smaning limfa yo‘llari yaqinidagi limfa tugunlarigacha 
tarqa lishi.
3. Metastazlarning gematogen yo‘l orqali qo‘shni a’zolarga 
o‘sishi.
4. O‘smaning butun organizm bo‘ylab tarqalishi (dissemina- 
tsiya lanish).
Xavfsiz o‘smalar yetilgan to‘qimalardan o‘sib ko‘payadi, 
qo‘shni to‘qimalarni ich-ichiga kirmasdan surib o‘sadi, kapsula 
hosil qilib o‘sadi, metastazlar bermaydi, umumiy holsizlikka 
sabab bo‘lmaydi va kaxeksiyaga olib kelmaydi, o‘smalar yetilib 
parchalanmaydi.
Tashxis qo‘yishda anamnez ma’lumotlari, bemor shikoyatlari, 
obyektiv tekshirish natijalari; aniq tashxis qo‘yishga imkon 
beradigan tekshirishlar: sitologik tashxis – o‘sma hujayralarini 
topish maqsadida punktat yoki surtma olish, biopsiya – o‘sma 
tuzilishini aniqlash maqsadida gistologik tekshirish uchun 
to‘qima bo‘lakchasini olish, obzor rentgenografiya, tomografiya, 


177
UTT, radioizotop tashxis, endoskopik tekshirishlar muhim aha-
miyatga ega.
Davosi. Xavfsiz o‘smalar – radikal xirurgik operatsiya 
qilinadi.
Xavfli o‘smalar davosi: jarrohlik operatsiyasi (radikal yoki 
pal liativ), nur bilan davolash, kimyoterapiya, gormonoterapiya. 
Ko‘pincha bu usullar birgalikda qo‘llaniladi.
Rak oldi holati. Xavfli o‘smadan oldin yuzaga keladigan va 
ko‘pin cha xavfli o‘smaga aylanadigan turli xil holatlarni rak 
oldi holati deb ataladi. Bunday holatlar jumlasiga rivojlanish 
nuqsonlari, surunkali yallig‘lanishlar, to‘qima regeneratsiyasining 
buzilishi, giperplastik bu zi lishlar kiradi. Rak oldi kasalliklari 
bor kishilar dispanser hisobida turishi va yiliga kamida 2 marta 
ko‘rikdan o‘tishi shart.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling