M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

naZorat savollari:
To‘g‘ri ichakni tekshirish usullarini gapirib bering.
1. 
Orqa chiqaruv yo‘lining yoriqlari, belgilari va parvarish xususiyatlari.
2. 
Bavosil belgilari va parvarish xususiyatlari.
3. 
To‘g‘ri ichak poliplari belgilari va parvarish xususiyatlari.
4. 
To‘g‘ri ichak raki belgilari va parvarish xususiyatlari.
5. 
Yo‘g‘on ichakdagi operatsiyalarda bemorlarni parvarish qilish.
6. 
To‘g‘ri ichаk operatsiyadаn kеyingi bemorlarni pаrvаrish xususiyatlari.
7. 
Stоmа vа uning аtrоfidаgi tеrini kuzаtish.
8. 
Stomasi bor bemorlarning ovqatlanishi.
9. 
Stomasi bor bemorlarni cho‘miltirish.
10. 
1.15. Buyrаk vа siydik аjrаtish а’zоlаrining xirurgik 
kаsаlliklаri bilаn оg‘rigаn bеmоrlаrdа 
hаmshirаlik pаrvаrishi
Buyrаk vа siydik аjrаtish а’zоlаrining xirurgik kаsаlliklаri 
bilаn оg‘rigаn bеmоrlаrning xususiyatlаri
urologiya xirurgiyaning siydik-tanosil a’zolari (buyraklar, 
siydik yo‘llari, qovuq, siydik chiqarish kanali, prostata bezi, 
moyaklar, jinsiy olat) kasalliklari bor bemorlarda davolash bilan 
shug‘ullanadigan bo‘limidir.
Urologiyaga oid maxsus terminlar:
Sistoskopiya – sistoskop yordamida qovuqni tekshirish. Qovuq 
shilliq qavatini siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi orqali 


165
kirgazilgan sistoskop yordamida tekshirish. Siydik yo‘llarini 
kateterlash yordamida ko‘tariluvchi piyelografiya qilinadi.
Xromotristoskopiya. Buyraklar faoliyatini aniqlash imkonini 
bera di. Shu maqsadda venaga 4 ml 4% li indigokarmin eritmasi 
yubo riladi. Qovuqqa sistoskop kiritiladi. Normada 3–4 daqiqa 
o‘tgach, siydik yo‘llaridan ko‘k rangga bo‘yalgan siydik ajraydi. 
Indigokarmin ajralib chiqishi ushlanib qolganda buyrak yoki 
siydik yo‘llari faoliyati buzilganligi to‘g‘risida fikr yuritish 
mumkin.
Siydik yo‘llarini kateterlash. Tekshirish uchun maxsus 
kateterlovchi sistoskop qo‘llaniladi. Uning yordamida siydik 
yo‘liga maxsus kateter kiritiladi. Siydik yo‘li chandiqli torayganda 
kateter to‘siq oldida turib qoladi. Siydik yo‘li kateteri orqali 
siydikni bevosita buyrak jomidan olish mumkin.
Ko‘tariluvchi piyelografiya. Siydik yo‘li kateteri orqali buyrak 
jomiga kontrast modda – 20%li sergozin eritmasi, kardiotrast, 
diodon kiritiladi va rentgenogramma qilinadi. Toshlar va o‘sma 
yaxshi ko‘rinadi.
Venaga kontrast modda yuborib, urografiya qilish. Venaga 
40% li sergozin eritmasidan 50 ml yuboriladi va 10, 20, 30 
daqiqadan keyin siydik yo‘llari rentgenografiya qilinadi. Bu usul 
buyraklarning siydik ajratish faoliyatini va to‘siqlar borligini 
aniqlash imkonini beradi.
Sistografiya. 10–20% li sergozin, diodon yoki kardiotrast 
eritma sidan 100–150 ml quyib, to‘ldirilgan qovuqni rentgeno-
grafiya qilish. Qovuqdagi o‘smalar, shikastlarni tashxislash imko­
nini beradi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling