M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Uy shаrоitidа yashаsh mаsаlаlаri bo‘yichа yo‘riqnоmа
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Оilа а’zоlаrini o‘rgаtish.
- 1.16. o‘smalar o‘smalar haqida tushuncha
Uy shаrоitidа yashаsh mаsаlаlаri bo‘yichа yo‘riqnоmа
Bеmоrni o‘rgаtish. Buyrаkdа qаytа tоsh bo‘lishning оldini оlish usullаrini o‘rgаtish. Turmush оdаtlаrini qаytа ko‘rib chi qish: 175 ovqаt lаnish, suyuqlik qаbul qilish (kunigа 1500 ml dаn оrtiq) оdаtlаri. Siydik chiqаrish yo‘llаri infеksiyasining оldini оlish, tоzаlikni sаqlаsh. Оilа а’zоlаrini o‘rgаtish. Qаytа tоsh hosil bo‘lishning оldini оlishgа qаrаtilgаn o‘qishni bеmоr bilаn birgаlikdа o‘tаsh. naZorat savollari: Urologiya tibbiyotda qaysi yo‘nalish bilan shug‘ullanadi? 1. Sistoskopiya nima? 2. Xromotristoskopiyada qaysi kontrast modda ishlatiladi? 3. Siydik yo‘llarini kateterlashda qaysi endoskopik apparat ishlati- 4. ladi? Ko‘tariluvchi piyelografiyada nimalarni aniqlash mumkin? 5. Siydiktоsh kаsаlligi klinik belgilari. 6. Prоstаtа bеzi аdеnоmаsi klinik belgilari. 7. Litоtоmiya operatsiyasi bo‘lgаn bеmоrlаrdа hаmshirаlik pаrvаrishi. 8. O‘tkir buyrаk xurujidа shоshilinch yordаm. 9. Prоstаtа bеzi аdеnоmаsi klinik belgilari. 10. 1.16. o‘smalar o‘smalar haqida tushuncha. O‘sma deganda to‘qimalarning patologik ko‘payishi tushuniladi. U turli xil sabablarga ko‘ra hosil bo‘ ladi va normal moddalar almashinuvi holatlari bilan farq qiladi. O‘smaning xususiyati hujayralarning beto‘xtov ko‘payishi hisob lanadi. Gistologik jihatdan ko‘pchilik o‘smalar a’zo yoki to‘qimalarga birmuncha o‘xshash tuzilgan. O‘sma o‘zini tashkil qilgan asli to‘qima (parenxima) va ushlab turadigan to‘qima – tomirlar, nervlar, biriktiruvchi to‘qima (stroma)dan iborat. Shu bilan birga o‘smaning tuzilishi sog‘lom a’zo yoki to‘qimaning tuzilishidan katta farq qiladi. Xavfsiz va xavfli o‘smalar tafovut qilinadi. Xavfli o‘smalar yosh yetilmagan to‘qimadan o‘sib ko‘payadi. Ular tez o‘sadi. Qo‘shni to‘qimalarga o‘sib kirish va o‘sma hujayralarining limfa (limfogen) yoki qon tomirlar (gemotogen yo‘l) 176 sistemasi orqali a’zolar va to‘qimalarga o‘tishga (metastazlanish) moyilligi bilan ajralib turadi. O‘sma olib tashlangandan keyin u yana shu sohada o‘sishi mum kin (retsediv). O‘smaning qo‘shni to‘qimalarga o‘sib kirishi o‘sma hujayralarining to‘qimalar ich-ichiga o‘sib kirishi, qo‘shni to‘qimalarning yemirilishi va o‘rin almashinuvi yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Bunday o‘sish infiltratsiya yo‘li bilan o‘sish deyiladi. Metastatik o‘sma onalik o‘sma tuzilishiga ega va xuddi shunday tez suratda o‘sishi bilan farq qiladi. Xavfli o‘smalardan organizmning holdan toyishi – kaxeksiya kuzatiladi. Xavfli o‘smalar to‘qimalarni yemirishi natijasida parchalanadi. Rivoj- langan to‘qimasiga qarab rak va sarkoma farqlanadi: rak – epiteliy hujayralardan rivojlanib, eng ko‘p uchraydigan xavfli o‘sma; sarkoma – biriktiruvchi to‘qimadan rivojlanadigan xavfli o‘sma. Xavfli o‘smaning rivojlanishida to‘rt davr farqlanadi: 1. O‘smaning mahalliy o‘sishi. 2. O‘smaning limfa yo‘llari yaqinidagi limfa tugunlarigacha tarqa lishi. 3. Metastazlarning gematogen yo‘l orqali qo‘shni a’zolarga o‘sishi. 4. O‘smaning butun organizm bo‘ylab tarqalishi (dissemina- tsiya lanish). Xavfsiz o‘smalar yetilgan to‘qimalardan o‘sib ko‘payadi, qo‘shni to‘qimalarni ich-ichiga kirmasdan surib o‘sadi, kapsula hosil qilib o‘sadi, metastazlar bermaydi, umumiy holsizlikka sabab bo‘lmaydi va kaxeksiyaga olib kelmaydi, o‘smalar yetilib parchalanmaydi. Tashxis qo‘yishda anamnez ma’lumotlari, bemor shikoyatlari, obyektiv tekshirish natijalari; aniq tashxis qo‘yishga imkon beradigan tekshirishlar: sitologik tashxis – o‘sma hujayralarini topish maqsadida punktat yoki surtma olish, biopsiya – o‘sma tuzilishini aniqlash maqsadida gistologik tekshirish uchun to‘qima bo‘lakchasini olish, obzor rentgenografiya, tomografiya, 177 UTT, radioizotop tashxis, endoskopik tekshirishlar muhim aha- miyatga ega. Davosi. Xavfsiz o‘smalar – radikal xirurgik operatsiya qilinadi. Xavfli o‘smalar davosi: jarrohlik operatsiyasi (radikal yoki pal liativ), nur bilan davolash, kimyoterapiya, gormonoterapiya. Ko‘pincha bu usullar birgalikda qo‘llaniladi. Rak oldi holati. Xavfli o‘smadan oldin yuzaga keladigan va ko‘pin cha xavfli o‘smaga aylanadigan turli xil holatlarni rak oldi holati deb ataladi. Bunday holatlar jumlasiga rivojlanish nuqsonlari, surunkali yallig‘lanishlar, to‘qima regeneratsiyasining buzilishi, giperplastik bu zi lishlar kiradi. Rak oldi kasalliklari bor kishilar dispanser hisobida turishi va yiliga kamida 2 marta ko‘rikdan o‘tishi shart. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling