M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


reanimatsiya va intensiv bo‘lim hamshirasining huquq-


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

reanimatsiya va intensiv bo‘lim hamshirasining huquq-
lari:
kichik tibbiy xodimlarining ishini nazorat qilish;

ilmiy amaliy konferensiyalarda ishtirok etish.

2.5. terminal holatlar
Organizmda o‘tkir rivojlanayotgan kasalliklar (shok, miokard 
infarkti, ko‘p qon yo‘qotish, zaharlanish) va shikastlar tufayli 
kislorod yetishmovchiligi paydo bo‘lishi bilan terminal holatlar 
yuzaga keladi.
Terminal holatlar yig‘ma tushuncha bo‘lib, hayotiy funksiya-
larning haddan tashqari pasayib ketishi bilan xarakterlanadi va 
quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
talvasa oldi (agoniya oldi);

talvasa (agonal);

klinik o‘lim.

Agoniya oldi holati – bir necha daqiqadan bir necha soatgacha 
davom etishi mumkin. Bu davrda bemorning es-hushi qisman 
saqlangan, arterial qon bosim 60 mm.sim.ust.dan past. Dastlab 
taxikardiya so‘ngra esa bradikardiya kuzatiladi. Nafas olishi tez-
lashadi, patologik nafas turiga almashadi. Bemorning burun 
uchi, barmoqlarining ko‘karishi kuzatiladi. To‘qima va a’zolarda 
kislorod yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi.
Agonal holat – miyaning po‘stlog‘i ishdan chiqadi. Bemor ning 
es-hushi yo‘qoladi. Markaziy asab sistemasi faoliyati so‘na bosh-
laydi. Nafas olish havoni yutish ko‘rinishida bo‘ladi. Qon bosimi 
va reflekslarni aniqlab bo‘lmaydi. Periferik arteriyalarda puls 


191
aniq lanmaydi. Ko‘z qorachiqlari kengayadi, yorug‘likka reaksi-
yasi yo‘qoladi. Bu davr bir necha daqiqa davom etadi.
Klinik о‘lim – bu organizmning markaziy asab sistemasi, na-
fas va yurak faoliyati to‘xtagandan keyin bir necha daqiqa davom 
etadigan holatdir. Bu holat hayot bilan o‘lim o‘rtasidagi holatdir. 
Bu davrda qon aylanishi va nafas to‘xtashi kuzatiladi, ammo or-
ganlarda qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan bo‘ladi. Shuning 
uchun bu bosqichda bemorni qaytadan hayotga qaytarish mum-
kin bo‘ladi. Yurak urishi va nafas olishi to‘xtaydi, ko‘z qorachig‘i 
kengayib, uning reflekslari yo‘qoladi. Bunday holatda 5–6 da­
qiqadan kechikmay reanimatsiya usullarini qo‘llab bemorni tiril-
tirish imkoni bo‘ladi. 5 daqiqadan so‘ng to‘qimalarda qaytmas 
o‘zgarishlar sodir bo‘lib, biologik o‘limga o‘tadi.
biologik o‘lim
Biologik o‘lim bevosita klinik o‘limdan keyin boshlanib
qaytmas jarayon hisoblanadi va bunda organizmni tiriltirish-
jonlantirishning imkoni qolmaydi. Bu jarayon barcha to‘qi ma-
lardagi nekrotik jarayon bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘i neyron-
laridan boshlanib qon aylanishi to‘xtaganidan keyin bir soat 
ichida sodir bo‘ladi. Keyingi 2 soat ichida esa barcha ichki 
organlar hujayralarining o‘lishi kuzatiladi (teri nekrozi esa bir 
necha soatdan keyin, ba’zan esa sutkadan keyin sodir bo‘ladi).

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling