192
Murdaning parchalanishi – kech muddatlarda sodir bo‘lib,
to‘qimalarning yiringli parchalanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Parchalanishning muddatlari ko‘pincha tashqi muhit sharoitlariga
bog‘liq.
biologik o‘limni qayd etish
Biologik o‘lim quyidagi belgilar majmuasi asosida qayd qilinadi:
yurak faoliyatining yo‘qligi;
–
25 daqiqa davomida yurak faoliyatining
aniqlanmasligi
–
(atrof-muhitning odatdagi haroratida);
mustaqil nafasning yo‘qligi;
–
ko‘z qorachiqlarining maksimal kengayishi va ularning
–
yorug‘likka reaksiyasi yo‘qligi;
shox parda reflekslarining yo‘qligi;
–
tananing quyi qismlarida o‘limdan
keyingi gipostaza bel-
–
gilari.
2.6. yurak-o‘pka reanimatsiyasi
Yurak-o‘pka reanimatsiyasi to‘satdan klinik o‘lim sodir
bo‘lganda bajariladi. Klinik o‘lim yuz bergan vaqtdan 5
daqiqadan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa,
reanimatsiya tadbirlari
o‘tkaziladi. Shuning uchun odatda yurak-o‘pka
reanimatsiyasi
yordam beruvchining ko‘z o‘ngida
yuz bergan hollarda amalga
oshiriladi.
Davolab bo‘lmaydigan kasalliklarda va kasallikning oxirgi
bosqichlarida yuz bergan o‘limda yurak-o‘pka reanimatsiyasi
qilinmaydi.
Yurak-o‘pka reanimatsiyasini P.Safar uch davrga ajratgan (har
bir davr uch bosqichdan iborat):
Do'stlaringiz bilan baham: