M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


 intensiv terapiyani o‘tayotgan bemorlarda hamshira


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

2.8. intensiv terapiyani o‘tayotgan bemorlarda hamshira 
parvarishi xususiyatlari
Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida hamshiraning 
vazifasi bemorlarni parvarish qilishdan iborat bo‘ladi. Ushbu 
bo‘limlarda asosan operatsiyadan keyingi eng dastlabki davrni 
boshidan kechirayotgan bemorlar yotqiziladi. Shuning uchun 
operatsiya zalidan bemor bo‘limga olib kelingan vaqtda palatada 
hamma narsa taxt turishi kerak. Bemor yotgan katalkani qaysi 
tomondan olib kelish ma’qul ekanligini, xalal beradigan narsalarni 
chetga surib qo‘yish lozim. Bemorning o‘rniga toza oqliklar 
oldindan solinib, tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Choyshablarning 
buklanib-taxlanib qolgan joylari bo‘lmasligi kerak. Shifokorning 
ko‘rsatmasiga binoan karavotni oldindan zarur holatga keltirib 


201
qo‘yish lozim (bosh yoki oyoq tomonini ko‘tarish). Operatsiyadan 
keyingi bemorni joyiga olib borishning eng muhimi uni operatsiya 
stolidan katalkaga va katalkadan karavotga olib yotqizishdir.
1. Tibbiyot xodimlari bemorlarga nisbatan mehr va e’tibor 
bilan g‘amxo‘rlik munosabatida bo‘lishlari kerak.
2. Davolash-himoyalash tartibini saqlash (bemorlarni xavo-
tirlik, kuyinish, qo‘rquv va boshqa og‘ir ruhiy kechinmalardan 
asrash zarur).
3. Organizmning asosiy hayotiy muhim vazifalarini nazorat 
qilish (yurak-tomir sistemasi, MNS, jigar, buyrak va b.).
gigiyenik parvarish:
yuvintirish;

ovqatdan oldin qo‘l yuvish;

badanni artish;

oyoqni yuvish;

soch tarash;

burniga ishlov berish;

ko‘ziga ishlov berish;

qulog‘iga ishlov berish;

og‘iz bo‘shlig‘iga ishlov berish;

kiyim va ich kiyimlarini almashtirish;

oqliklarini almashtirish.


Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling