M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiziologik ehtiyojlarda yordam ko‘rsatish
- Bemorlar parvarishining asosiy texnikasi
Davolash-profilaktik parvarish:
operatsiyadan keyingi jarohatga qo‘yilgan bog‘lam va dre- – najlarni nazorat qilish; yotoq yaralarining oldini olish; – o‘pka tomonidan uchraydigan asoratlarning oldini olish; – flebitlarning oldini olish (bemorlarni faollashtirish, davo – lash fizkulturasi, oyoqlarga elastik bint qo‘yish); yiringli asoratlarning oldini olish (aseptika qoidalariga – qat’iy rioya qilish); tromboembolik asoratlarning oldini olish; – ichaklar va siydik ajratish sistemasi tomonidan parezlarning – oldini olish. 202 Fiziologik ehtiyojlarda yordam ko‘rsatish: ovqatlantirish; – suyuqlik ichirish; – tuvak qo‘yish; – siydikdon tutish; – siydik ajratish qiyinlashgan bo‘lsa, qovuqni kateterlash yoki – doimiy kateter qo‘yish; najas ajralishi qiyinlashganda tozalovchi huqna qilish. – Bemorlar parvarishining asosiy texnikasi Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida davolanayotgan bemorlarning tuzalib ketishi to‘g‘ri parvarish qilishga bog‘liq. O‘lim bilan tugash holati asosiy kasallik oqibatida emas, balki uning asorati natijasida ro‘y berishi mumkin. Faqat malakali hamshira parvarishi yordamida ularning oldini olish mumkin, aks holda intensiv terapiyaning zamonaviy usullari foydasiz bo‘lishi mumkin. Sharoitlarni tayyorlash. Ko‘p hollarda, bemorning ichida ro‘y berayotgan holat davolash obyekti hisoblanadi. Hamshiralarning diqqati esa tashqi muhitni saqlash va yaxshilash, ya’ni bemor atrofida ro‘y berayotgan sharoitga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bo‘linma va xonalarda quyidagi sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim: bemorlarni bir-biridan ajratish, reanimatsiya va monitoring uchun maxsus apparaturani qo‘llagan holda har bir bemorni kuzatish va har bir karavotga har tomonlama yaqinlashish imkoniyati bo‘lishi lozim. Shuningdek, navbatchi reanimatolog navbatchi mutaxassislar, yordamchi va texnik xodimlar bilan erkin aloqada bo‘lishi zarur. Elektrodefibrillator, «Ambu qopi», elektr so‘rg‘ich, intubatsiya va markaziy tomirlar uchun to‘plam, zondlar, shprislar, infuziyalar uchun sistemalar, bog‘lov materiallari va dorilar qo‘yilgan ko‘chma stollar doimo tayyor turishi lozim. Shovqin va tashrif qiluvchilardan izolatsiyalangan bo‘lishi zarur. Palatada toza havo, tegishli harorat (24°C–26°C) va namlik darajasini ta’minlash hamda pol va karavot atrofidagi maydonning 203 tozaligini kuzatib turish lozim. Zarurat tufayli bemor 24 soat mobaynida karavotda vaqtni o‘tkazishga majbur, shu sababli ular vaqt o‘tishi, kecha va kunduzni ajratish, sanani bilishlari uchun harakat qilish kerak. Tozalikni saqlash. Intensiv terapiya bo‘limiga tushgan bemorlar juda nimjon va immuniteti pasaygan bo‘ladi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilishi va uning asoratini oldini olish maqsadida hamshira muntazam ravishda gigiyenik muolajalarni bajarib turishi kerak. Shuningdek, gigiyenik muolajalar bemorning kayfiyatini ko‘tarishga yordam beradi. Quyidagi gigiyenik muolajalar bajariladi: Og‘ir bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash. Og‘iz va burun bo‘shlig‘iga turli naychalar kiritilgan bo‘lsa, – organizmning o‘zini o‘zi tozalash funksiyasi susayadi, bu holat infeksiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kuniga kamida 3 marta tishlarni tozalash yoki og‘izni chayish lozim. Ikkita hamshira naychalarini ushlab, og‘iz bo‘shlig‘ining – gigiyenik muolajalarini tezda bajarishlari, so‘ngra naychalar o‘rnatilish joyini almashtirishlari lozim. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling