M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

dam olish va uyqu
Faollik bilan bir qatorda dam olish ham muhim hisoblanadi. 
Bemor o‘zi uchun qulay holatda bo‘lsa, dam olish imkoni bo‘ladi. 
Tananing qulay holatini bemorning xohishini hisobga olgan 
holda, masalan, yostiqlar yordamida yaratish mumkin. Jismoniy 
azoblarning ozgina yengillashishi yoki oila a’zolari bilan 
uchrashuv bemorning hayotga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.
Intensiv terapiya bo‘limi bemor ahvolining 24 soat ichida har 
qanday o‘zgarishlariga tayyor joy bo‘lib, bu yerda doimo asbob- 
uskunalar ishlab turadi, chiroq yoqilgan va faol ish ketayotgan 
bo‘ladi. Bu holat ma’lum shovqin bilan kechadi. Bunda ko‘p 
hollarda bemorlarda uyqu va bedorlik doimo almashinib turadi. 
Bemorning bioritmlari va hayot ritmi bir-biriga mos kelishi uchun 
tunda uyqu vaqtini iloji boricha uzaytirish zarur. Davolanish 
va hamshiralik muolajalari vaqtini hamda dam olish va uyqu 
vaqtini aniq belgilab olish lozim. Tungi vaqtda kuzatish uchun 
yetarli bo‘lgan darajada yorug‘likni pasaytirish va tabiiy uyquni 
tezlashtirish uchun sharoit yaratish kerak. Ortiqcha tovushlar 
(ovoz, baland kulgi, qadam tovushi, asbob va uskunalar ishlashi, 
metall va monitor tovushlari)ni bartaraf qilish lozim. Uyqu 
bemorning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
omil bo‘lganligi sababli juda e’tiborli bo‘lish kerak.
Muomala
Muomala odamlar orasidagi munosabatdir. Intensiv terapiya 
bo‘limida davolanayotgan bemorlar muomala qiladigan odamlar 
soni cheklangan. Bunday bemorlar yolg‘izlikni sezadilar
umuman muhitda o‘zlarini begonaday sezadilar, jismoniy 
ojizlikdan umidsizlikka tushadilar. Bunday holatda boshqalar 


208
sen haqingda qayg‘urayotganini, g‘amxo‘rlikni sezish juda 
muhim. Bemorlarda bunday ruhiy holatga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
hamshiralar bemorlar bilan yaxshi munosabatlarni ta’minlashi 
lozim, chunki hamshira boshqalarga nisbatdan ko‘proq bemor 
bilan muloqotda bo‘ladi.
Hamshira bemorni ismi bilan chaqirib, o‘zini ham tanishtirishi 
lozim. Bemor har doim o‘ziga nisbatan iliq munosabatni sezishi 
kerak.
Og‘zaki munosabat vositalari faqat bemorni tinglash va 
subyektiv ma’lumotlarni to‘plash uchun mo‘ljallangan. So‘z bilan 
odam qalbini davolash mumkin. Bemorning kayfiyati ko‘tarinki 
va shod bo‘lishi muhim.
Bemorda hamshiraga nisbatan ishonch paydo bo‘lganda, unda 
qiyinchiliklarni yengish istagi yuzaga keladi.
Og‘zaki munosabat qobiliyati yo‘qolishi ko‘zda tutilganda, 
unga mos bo‘lgan usulni bemor bilan birga o‘ylab ko‘rish kerak. 
Bemor og‘zaki bo‘lmagan vositalar yordamida ko‘rsatayotgan 
iltimos va shikoyatlarni tushunish uchun hamshira tayyor 
bo‘lishi kerak. Bemor biror narsani tushunmoqchi bo‘lganda 
energiyani ko‘p sarflanishini, uni tushunmagan vaqtda 
g‘azablanishini hisobga olish zarur. Bemorning jismoniy holatiga 
ko‘ra ehtiyojlarni baholash va avvaldan sezish muhim. Har xil 
bemorlarda ehtiyojlari turlicha bo‘lsa ham, qat’iy cheklanish 
holatiga tushgan og‘ir bemorlarning barchasida umumiy ruhiy 
reaksiya va jismoniy azoblar yuzaga keladi.
Hamshiralar o‘z bilimlaridan foydalanishlari, boshqalar to‘g‘-
risida g‘amxo‘rlikni rivojlantirishlari, bemorlarning xohish va 
istaklarini oldindan bilishlari zarur.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling