M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
so‘v apparatidan o‘chirilganda hamshiralik
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajratish vaqtida kuzatish va yordam berish.
so‘v apparatidan o‘chirilganda hamshiralik
parvarishi O‘SV apparatiga ulangan bemor boshqarilayotgan nafas holatidan spontan nafasga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi va oxir oqibat SO‘V apparatidan ajralib, traxeal naycha olib tashlanadi. Sun’iy o‘pka ventilatsiyasi apparatidan ajratish usuli. Ajratish jarayonini tushuntirish: Bemorga hozirgi vaziyatni va SO‘V moslamalari ketma-ket – ajratish uchun sekin-asta o‘zgarishi haqida tushuntirish. Chuqur nafas olish va yo‘talni chaqirish bo‘yicha qo‘llanma – va mashqlarni bajarish. SO‘V dan ajratishning rejalashtirilgan kuni haqida bemorga – xabar berish va roziligini olish. Ajratish vaqtida kuzatish va yordam berish. SO‘V appa- ratidan ajratish jarayonida bemorning ahvoli o‘zgargan taqdirda bitta bosqichga qaytarish masalasi ko‘riladi. Ahvol yomonlashishi ko‘rsatkichlari – qonda gazlar tahlili, nafas holati, puls tezligi va arterial bosim, aritmiya mavjudligi va es-hush darajasi. Avvalgi bosqichga qaytish yoki mo‘ljallangan maqsadga erishilgan taqdirda, bemorning tuzalishiga bo‘lgan intilishini so‘ndirmaslik va ko‘nglini qoldirmaslik uchun tushuntirish ishlari olib boriladi. ekstubatsiya vaqtida va undan so‘ng yordam berish ekstubatsiya vaqtida yordam berish: Kislorodli niqob, ekstubatsiya uchun so‘rg‘ich va qayta intubatsiyani o‘tkazish uchun jihozlar tayyorlanadi. Traxeal kanyula chiqarilishi haqida bemorga ma’lum qilinadi va bunga roziligi olinadi. Bevosita ekstubatsiyadan avval traxeya va og‘iz bo‘shlig‘idan ajralmalarni so‘rib olishni amalga oshirib, ekstubatsiyadan keyin havo o‘tkazuvchanligi ta’minlanadi. ekstubatsiyadan keyin yordam berish: bevosita ekstubatsiyadan so‘ng bronxospazm, halqum – nervi falaji va halqum shishi kabi asoratlar yuzaga kelish ehtimoli bor. Patologiyalarni erta bosqichda aniqlash uchun 214 nafas olish holati, nafas tovushlari, arterial qonda erigan gazlar miqdori, yuz terisi rangi, teri holatini kuzatish; tovush boylamlari shishining oldini olish uchun ularning – ta’sirlanmasligini ta’minlab, biroz vaqt baland ovozda gaplashmaslik zarurligi haqida bemorga tushuntirish; balg‘am mustaqil ajralishiga yordam berish; – ekstubatsiya o‘tkazilishi munosabati bilan tuzalish jarayoni – bir qadam oldinga siljiganligi hagidagi xursandchilikni bemor bilan baham ko‘rish; mustaqil nafas tiklanishiga yordam berish; – qorin nafasiga yordam berish; – qorin nafasi ahamiyati va usulini tushuntirish; – relaksatsiya (bo‘shashtirish)ni ta’minlash uchun chalqancha – yotish holatida tizzalarni bukkan holda ko‘tarish va qorin muskullarini bo‘shashtirish; bemorning qo‘llarini ko‘krak ustiga va qorin sohasiga qo‘yish; – chuqur nafas olib, qorinni shishirish; – bemor qorin shishganligini his qilishi uchun hamshira – bemorning qorin sohasida turgan qo‘li ustiga o‘z qo‘lini qo‘yib, biroz bosish; ko‘krak sohasi qimirlamasligiga harakat qilish; – lablarni siqib, sekin nafas chiqarish. – Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling