M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasidagi bemorlarning nazorati


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasidagi bemorlarning nazorati:
vizual kuzatish (ahvoli, tashqi ko‘rinishi, teri va shiIliq 

pardalar rangi, o‘rnidagi holati);
monitor kuzatuvi (yurak urushi tezligi, nafas olish tezligi, 

AB, nafas olish hajmi);
nafas yo‘llarini tozalab turish;

og‘iz boshlig‘iga antiseptik eritmalar bilan ishlov berib 

turish;
har 3–4 soatda bemor holatini o‘zgartirib turish.

Traxeyadan ajralmalarni so‘rib olish usuli.
Steril kateter sterillikka rioya qilgan holda chiqarib olinadi 

va so‘rg‘ich shlangi bilan birlashtiriladi.


215
So‘rib olishda simob ustunining 80–120 mm ga teng bosim 

belgilanadi.
SO‘V apparatini traxeal kanyuladan ajratayotgan vaqtda 

so‘rg‘ich kateteri traxeal kanyulaga birlashtiriladi (birlash-
tirilgan vaqtda so‘rg‘ich kateterida bosim bo‘lmasligi 
lozim). Kateter 10 sm gacha kiritiladi.
So‘rg‘ich kateteriga bosim beriladi. So‘rib olish davomiyligi 

10 sekundgacha.
So‘rib olish tugagandan so‘ng SO‘V apparatini darhol yoqi-

ladi.
So‘rg‘ich kateterining yuzasi spirtga ho‘llangan paxta 

bilan artiladi va kateterning ichki qismini yuvish uchun 
steril distillangan suv so‘rib olinadi. Yuvib tozalash har bir 
so‘rish muolajasidan so‘ng amalga oshiriladi.
So‘rib olish muolajasi tugagandan so‘ng hayot uchun muhim 

ko‘rsatkichlar, aritmiya bor-yo‘qligi va yuz ifoda sining o‘z-
garishini tekshirib, bemorning ahvoli muntazam kuzatiladi.
So‘rib olish muolajasi sababli bemorda gipoksiya holati 

rivojlanishi ehtimoli borligi sababli so‘rish muolajasidan 
avval berilayotgan kislorod konsentratsiyasining parsial 
bosimini oshirish lozim.
Bemorga muolaja tugaganligi haqida ma’lum qilinadi.


Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling