M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Shok klassifikatsiyasi:
I. Kelib chiqishiga ко‘ra:
travmatik;

kuyish;

gemorragik;

gemotransfuzion;

anafilaktik;

kardiogen;

septik.

II. Og‘irligiga ко‘ra:
kompensatsiyalangan;

dekompensatsiyalashgan;

qaytmas (terminal holat).

III. Hosil bo ‘lish vaqtiga ко‘ra:
birlamchi, erta;

ikkilamchi, kech yoki toksik.

IV. Fazalariga ко‘ra:
erektil;

torpid.

V. Og‘irlik darajasiga ко‘ra:
I daraja – umumiy ahvoli o‘rtacha, puls 1 daqiqada 80–100 ta, 
maks. AB 90 mm sim. ust.
II daraja – umumiy ahvoli og‘ir, puls 1 daqiqada 100–140, 
AB 90–70 mm sim. ust. gacha kamayishi.
III daraja – ahvoli juda og‘ir, puls 120–160, AB 70–50 mm 
sim. ust.
IV daraja – (agoniya oldi holati) ahvoli o‘ta og‘ir, puls faqat-
gina magistral qon tomirlarda qiyinchilik bilan paypaslanadi
maksimal AB 50 mm sim. ust. aniqlanmaydi.
shikastlanish shoki
Bu shokning paydo bo‘lishiga turli a’zolarning va gavda qism-
larining shikastlanishlari sabab bo‘ladi. Shikastlanish shokining 


219
rivojlanishida qon yo‘qotish, kuchli og‘riq, to‘qimalarning par-
chalanishi kabi omillar muhim o‘rin tutadi.
Shokning og‘ir kechishiga asab va jismoniy tomondan toliqish, 
qo‘rqish, sovuq qotish, och qolish kabilar sabab bo‘ladi.
Ko‘p qon yo‘qotish natijasidagi shok (bolalarda, keksalarda 
va og‘riqqa juda sezuvchan shaxslarda) og‘ir kechadi. Bundan 
tashqari, refleksogen sohalar shikastlanganda ham shok tez 
rivojlanadi.
Shikastlanish shokida qon va plazmani ko‘p yo‘qotish natijasida 
organizmda aylanayotgan (sirkulatsiyadagi) qon va plazma hajmi 
kamayadi, gipoksiya va giperkapniya rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 
Sirkulatsiyadagi qon hajmining 20–30 foizga kamayishi va qon 
bosimining keskin pasayishi oqibatida o‘lim yuzaga keladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling