M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Anafilaktik shok
Allergik reaksiyaning bir turi bo‘lib, organizmga kirgan 
yot oqsil va organik kimyoviy moddalarga nisbatan qarshi 
reaksiyasidir. Anafilaktik reaksiya organizmga dori preparatlari, 
jumladan antibiotiklar, diagnostika preparatlari kiritilganda, 
hasharotlar chaqqanda hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan so‘ng 
ham rivojlanishi mumkin.
Anafilaksiya – o‘z­o‘zini himoya qilish degan so‘zdan kelib chiq­
qan va ko‘pincha allergen parenteral yuborilganda yuzaga chiqadi.
Shokning klinik belgilari: teriga toshmalar toshishi, tosh-
malarning butun badanga tarqalishi, burun bitishi, aksirish, burun 


223
oqishi, nafas olishning qiyinlashuvi, quruq yo‘tal, xushtaksimon 
nafas, teri, lab, tirnoqlarning ko‘karishi, bosh aylanishi, nutqning 
buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorindagi og‘riq.
Anafilaktik shokning rivojlanishi 3 ta shaklda kechadi:
yashin tezligidagi shok – shok dastlabki 10 daqiqa ichida 
rivojlanadi;
zudlik bilan rivojlanuvchi shok – shokkacha bo‘lgan davr 
30–40 daqiqani tashkil etadi;
sekinlik bilan rivojlanuvchi shok – shokkacha bo‘lgan davr bir 
necha soatni tashkil etadi.
Anafilaktik shokning turlari:
teri;

serebral;

astmoid;

kardiogen;

abdominal.

Teri shakli – terining qichishi, qizarishi, eshakyemi toshishi, 
toshmalarning bir-biri bilan qo‘shilishi, Kvinke shish paydo 
bo‘lishi mumkin. Teridagi o‘zgarishlar reaksiyadan so‘ng 30–40 
daqiqadan keyin kelib chiqadi.
Serebral shakli – bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, paresteziya, 
hushdan ketish, tutqanoqlar, beixtiyor siyish va defekatsiya 
kuzatilishi mumkin. Bu epilepsiya tutqanoqlarini eslatadi. Agar 
adrenalin bilan davo qilinganda yuqoridagi o‘zgarishlar yo‘qolsa, 
anafilaktik shok diagnozi qo‘yiladi.
Astmoid shakli – bo‘g‘ilish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Til, hiqildoq, traxeya shishishi oqibatida yuqori nafas yo‘llari 
o‘tkazuvchanligi buziladi va nafas buzilishi kuzatiladi.
Kardiogen shakli – yurak sohasida siquvchi og‘riqlar, taxi-
kardiya, ritm buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi.
Abdominal shakli – qorinda shish, og‘riq, ko‘ngil aynishi, 
qusish bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash:
1. Organizmga allergen tushishini to‘xtatish (jgut bog‘lash, 
me’dani zondlash). Dori allergen vena ichiga yuborilgan bo‘lsa, 


224
igna venada qoldiriladi va dori moddalar shu igna orqali 
yuboriladi.
2. Bemorni tekis joyga yotqizish, toza havo kelishini ta’-
minlash, traxeyani intubatsiya qilish, oksigenoterapiya.
3. Adrenalin yuborish, teri orasi, vena ichiga va ingalatsiya 
yo‘li bilan yuboriladi. Allergen kirgan joy atrofi adrenalin bilan 
inyeksiya qilinadi.
4. Gormonlar – 60–90 mg (2–3 ml) prednizolon fiziologik 
erit mada tomir ichiga yuboriladi.
5. Bronxospazmda – vena ichiga 2,4% – 10 ml eufillin yubo­
riladi
6. O‘tkir yurak yetishmovchiligida – venaga yurak glikozid-
lari 0,05% – 0,5–l ml strofantin fiziologik eritmada tomir ichiga 
yuboriladi.
7. Yuqoridagi davo yordam bermaganda sun’iy nafas va yurak 
bilvosita massaj qilinadi.
gemorragik shok
Qisqa muddat ichida aylanayotgan qon hajmining 10–20% 
va undan ortiq miqdorda yo‘qotilishi oqibatida kelib chiqadi. 
Shokning og‘irlik darajasi yo‘qotilgan qon miqdoriga va qon 
oqish davriga bog‘liq.
Bemor qancha ko‘p va qisqa muddat ichida qon yo‘qotsa, shok 
shuncha og‘ir o‘tadi.
Qon yo‘qotish tasnifi (Amerika jarrohlar kollegiyasi, 1982­y.).

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling