M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Klinikasi. Shikastlanish shoki ikki bosqichda kechadi: Erektil bosqich (qo‘zg‘alish bosqichi)


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Klinikasi.
Shikastlanish shoki ikki bosqichda kechadi:
Erektil bosqich (qo‘zg‘alish bosqichi)shikastlangan 
ondayoq rivojlanadi. Bunda asab sistemasining qo‘zg‘alishi tufayli 
bemorda harakat qo‘zg‘alishi kuchayadi, es-hushi joyida faqat 
og‘riqdan shikoyat qiladi, yordam so‘raydi, o‘rnidan turib ketadi va 
o‘z ahvolining og‘irligiga ahamiyat bermaydi. Teri va yuzi qizaradi, 
ter bilan qoplanadi, puls tezlashadi. Arterial qon bosim normada 
yoki biroz ko‘tariladi, nafas olishi tezlashadi. Agar zararli omillar 
davom etaversa, ikkinchi bosqichga o‘tishi mumkin.
Torpid (tormozlanish) bosqichi – bu bosqichda asab, yurak, 
o‘pka, jigar, buyraklarning faoliyati pasayib ketadi. Qonda 
yig‘iladigan zaharli moddalar tomirlar va kapillarlarni falajlaydi. 
Bemor ahvoli keskin og‘irlashadi. Es-hushi saqlangan bo‘lsa 
ham, ruhiyati qorong‘ilashgan, terisi oqargan, sovuq yopishqoq 
ter bilan qoplanadi. Puls ipsimon tezlashib, arterial qon bosim 
tushib ketadi, a’zolarga qon kelishi kamayadi. Kislorod tanqisligi 
kuchayadi, bu esa asab hujayralarining juda tez o‘lishiga olib 
keladi. Nafas olish pasayadi, yurak tonlari tez va bo‘g‘iq bo‘ladi. 
Buyrak faoliyati buzilib, anuriya rivojlanadi. Shuning uchun ham 
shok holatida reanimatsiya tadbirlari barvaqt va zudlik bilan 
o‘tkazilishi kerak.


220
Shokning klinik kechishi og‘irligiga ko‘ra uch darajaga 
bo‘linadi.
1 – yengil darajasi: umumiy ahvoli qoniqarli, es-hushi 
saqlangan, pulsi 90–100 marta uradi, A/B 100–90 mm simob 
ustunida.
2 – o‘rtacha og‘irlik darajasi: bemorning es-hushi qorong‘i-
lash gan, pulsi 1 daqiqada 110–130 marta uradi, nafas olish 
daqiqasiga 26 marta va yuzaki uradi. Terilar oqargan, sovuq ter 
bosgan, reflekslar so‘na boshlagan.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling