M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Klinikasi. Diabet ketoatsidozning rivojlanishida ikkita: koma 
oldi va diabetik koma bosqichlari mavjud.
Koma oldi holatida bemorda behollik, uyqu bosish, bosh 
og‘rig‘i, ishtahaning pasayishi, kuchli chanqash, ko‘ngil aynish, 
ich ketish, til qurishi, og‘izdan atseton hidi kelishi, qonda qand va 
keton tanachalarining ko‘payishi (13 mg % ko‘p) siydikda oqsil, 
glukozalar, silindrlar paydo bo‘lishi kuzatiladi, bu holatlarda agar 
o‘z vaqtida, yetarli darajada davolash tadbirlari ko‘rsatilmasa, 
darhol diabetik koma bosqichiga o‘tishi mumkin. Bunday 
paytda bemor hushsiz, puls tez va yumshoq uradi. Arterial qon 
bosim pasayadi, harorati (35–36°C) tushib ketadi. Ko‘z olmalari 
yumshoq, nafas olish yuzaki, ba’zan qorin devori taranglashgan 
va o‘tkir qorin simptomlariga o‘xshaydi. Qonda yuqori leykotsitoz 
paydo bo‘ladi. Diabetik yoki giperglikemik komaning oqibati 
koma holatining davom etishi muddatiga va gemodinamikaning 
buzilishi darajasiga bog‘liqdir.
Davolash:
1. Koma holatida bemorning boshi yon tomonga burilgan 
holatda yotqiziladi va shifokor chaqiriladi.
2. Glukometr yordamida qand miqdori aniqlanadi. Siydikdagi 
qand va atseton miqlori aniqlanadi.
3. Oksigenoterapiya o‘tkaziladi.


233
Shifokor ko‘rsatmasiga binoan tez ta’sir qiluvchi oddiy in-
sulin 50–100 ТВ vena ichiga fiziologik eritmada yuboriladi. 
Keyinchalik kichik dozalar rejimida insulin yuborish davom 
ettiriladi. Har soatda bemorga 10–15 ТВ yoki har ikki soatda 
20–30 ТВ oddiy insulin teri osti yoki vena ichiga fiziologik erit-
mada tomchilab yuboriladi.
5. Har soatda barmoqdan qon olib qondagi qand miqdori 
aniqlab turiladi.
6. Bemor qusganda yordam ko‘rsatiladi.
7. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan:
a) natriy xlor 0,9% – 500 ml vena ichiga tomchilab yuboriladi;
b) natriy gidrokarbonat 4% – 400 ml vena ichiga tomchilab 
yuboriladi;
d) askorbin kislota 5% – 5 ml vena ichiga fiziologik eritmada 
yuboriladi;
e) karboksilaza 100 mg fiziologik eritmada venaga yuboriladi.
11. Arterial qon bosim, puls har 10–15 daqiqada o‘lchab 
turiladi.
12. Arterial qon bosim pasayganda:
kordiamin 2 ml teri ostiga;

mezaton 1% 1 ml yuboriladi.

Bemor koma holatidan chiqqandan keyin shifokor 
ko‘rsatmasiga binoan, uzoq ta’sir qiluvchi insulin: Aktrafan, 
Pratafan, Mikstard, Humulin, Ultralong bilan davolash shifokor 
nazorati ostida davom ettiriladi. Komadan keyin insulin teri 
ostiga shifokor tayinlagan dozada inyeksiya qilinadi.
Reanimatsiya tadbirlari gemodinamik o‘zgarishlarmi va 
yurak-tomir faoliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Bemorning hushi tiklangandan 3–4 soat keyin asta-sekin umumiy 
ovqatlanish tartibiga o‘tkaziladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling