M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
giperglikemik koma
Qandli diabetning og‘ir asoratlari insulin yetishmovchiligi va glukozaning jigar va to‘qimalarda saqlanishi buzilishidan kelib chiqadi. Qandli diabet surunkali ko‘rinishda rivojlanib, yengildan og‘ir turiga qarab rivojlanib boradi. Noto‘g‘ri davolanish o‘tkir va surunkali kasallik qo‘shilishi, intoksikatsiya, jigar kasalligi diabetning qaytalanishiga bu esa koma oldi holatiga olib keladi. Organizmga glukoza yig‘ilishining buzilishi tufayli keskin ravishda karbon suvlar, moylarning almashinuvi ham buziladi. 231 Natijada keton tanachalari oshib ketadi, bu esa qonda karbonat angidrid gazi oshishiga olib keladi. Giperosmolyar (giperglikemik) koma qonning yuqori osmo- larligi va giperglikemiya hamda organizmning yaqqol suvsiz- lanishi bilan kechadi. Qonda keton tanachalari ko‘rsatkichi oshmaganda, asidoz aniqlanmaydi. Giperosmolyar koma ikkinchi tipdagi qandli diabetda kuzatilib, uning kam uchraydigan asorati hisoblanadi va ko‘proq yoshi ulug‘ kishilarda kuzatiladi. Bemorlarda uchraydigan o‘tkir kasalliklar, infeksiyalar, sepsis, tananing kuyishi, siydik haydovchi dorilarni kop iste’mol qilish, o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti ushbu og‘ir asoratning rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi holatlar qandli diabetning ikkinchi tipida qonda insulinga qarshi garmonlarning keskin oshishiga va oqibatda to‘qimalarning unga bo‘lgan sezuvchanligi kamayishiga hamda jigarda aminokislotalardan proteoliz va giperglukoneogenez kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi to‘qimalar tomonidan glukoza parchalanishini qiyinlashtiradi va qonda uning miqdori oshishiga olib keladi. Giperglikemiya natijasida bemorda glukozuriya, osmotik diurez, organizmning suvsizlanishi kuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida organizmdagi mavjud insulin lipoliz va ketogenez jarayonini to‘xtatib turishga hamda ketoasidoz rivojlanishini oldini olishga imkon beradi. Giperosmolyar koma bir necha kun ichida rivojlanib, bemorlarni yuqori darajadagi holsizlik, tashnalik va poliuriya bezovta qiladi. Deyarli barcha hollarda anoreksiya kuzatiladi. Obyektiv ko‘rikda teri va shilliq pardalar quruq, teri elastikligi pasaygan, mushaklar va ko‘z soqqasi tonusi susaygan. Komatoz holat tez rivojlanadi. Glukozani ko‘p miqdorda miya hujayralariga kelishi hamda ko‘plab sorbitol hosil bo‘lishi sababli bemorlarda miyada qon aylanishining buzilishiga xos o‘choqli o‘zgarishlar kuzatiladi. Og‘ir degidratatsiya holati giperosmolar gipotoniyaga, miokardning qisqaruvchanlik faoliyati susayishiga, 232 koptokchalar filtratsiyasining kamayishiga, oliguriya va anuriyaga olib keladi. Natijada bemorda shok, prerenal buyrak yetishmovchiligi va chuqur koma rivojlanadi. O‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim yuz beradi. Giperglikemik komaga tushgan bemorlar qonida glukoza miqdori ko‘tariladi. Qonda kreatenin miqdori oshib ketadi. Ushbu komani davolash diabetik ketoasidoz muolajasidan birmuncha farq qiladi. Bemorlarga ko‘proq suyuqlik quyish lozim. Suyuqlik yuborilish davrida bemor diurezi, arterial qon bosimi, tomir urishi, markaziy venoz bosimini kuzatib borish kerak. Ko‘rsatkichlarning ko‘tarilib borishi suyuqlikni kamaytirishga ko‘rsatma hisoblanadi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling