M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Davolash:
1. Bemorga darhol shirin choy ichiriladi, qand, non, konfet 
yediriladi. Shifokor chaqiriladi.
2. Bemor yotqizib qo‘yiladi.
3. Ekspress usulda qondagi qand miqdori aniqlanadi (3 mmol/l 
dan kam).
4. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan:
Glukoza 40% – 40–80 ml vena ichiga yuboriladi, naf ber masa 
shu muolaja yana takrorlanadi.
Bemor hushiga kelmasa: glukoza 5% – 200 ml vena ichiga 
tomchlab yuboriladi.
Prednizolon 30–60 nig glukozaga qo‘shib vena ichiga yubo-
riladi.
Oksigenoterapiya.
Talvasada: seduksen 0,5% – 2 ml mushak orasiga inyeksiya 
qilinadi.
Arterial qon bosim pasayganda: Kordiamin 2 ml teri ostiga, 
mezaton 1% – 1 ml yuboriladi.
Bemor ahvoli muntazam kuzatib, baholab boriladi.
Jigar komasi
Jigar komasi – metabolik komaning shakllaridan biri bo‘lib, 
jigar funksiyalarining keskin buzilishi, intoksikatsiya tufayli 
rivojlanadi.
Gepatoserebral yetishmovchilikning 3 tipi farqlanadi.
Birinchi tip jigar-hujayraviy, destruktiv koma. Aksariyat 
hollarda bemor komaga olib kelgan patologik holat bilan davo-
lanayotganda shifoxonada yuzaga keladi.


236
U gepatotsitlarning total yoki subtotal nekrozi bilan bog‘liq 
bo‘lib, 80% dan ortiq holatlarda o‘limga olib keladi. Virusli ge­
patit В va С og‘ir kechganda, to‘rt xlorli uglerod, fosfor, rangpar 
poganka bilan zaharlanganda va ba’zi dori vositalari ta’sirida yu-
zaga keladi.
Ikkinchi tip – portal tizimli aylanib o‘tuvchi koma. U jigar 
bo‘laklari arxitektonikasining turg‘un o‘zgarishi va portokaval 
venoz anastomozlarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Komaning 
bu tipi jigarning spirtli ichimliklar va virus ta’sirida yuzaga kel-
gan sirrozida kuzatiladi.
Uchinchi tip – terminal holat yoki gipokaliemik jigar komasi, 
surunkali jigar kasalliklari natijasida yuzaga keladi. Bu holat ka-
liy ionlarining o‘tkir yo‘qotilishi, kompensatsiyalanmagan va na-
fas bilan bog‘liq bo‘lmagan alkaloz tufayli toksikligi oshib ketgan 
ammiak ta’sirida rivojlanadi.
Davolash tamoyili – bemor zudlik bilan yonbosh holatda 
shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqiziladi.
Jigar komasi o‘tkir jigar kasalliklari va surunkali gepatit, ji-
gar sirrozida yuzaga keladi. Modda almashinuvining buzilish 
jarayoni oqibatida rivojlanadi. Bundan tashqari jigar distrofiyasi, 
glukogenning kamayishi, intoksikatsiya, oqsil almashinuvining 
buzilishi kabi omillar ham komaning rivojlanishiga sabab bo‘lishi 
mumkin.
Klinikasi: bemorda umumiy darmonsizlik, ishtahaning pasa-
yishi, jigar o‘lchamining kichrayishi, keskin sariqlik, uyqusiz-
lik va qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi. Teri osti qon quyilishi, burun-
dan, buyrakdan qon oqishi mumkin, najas rangsizlanadi. Og‘ir 
holatdagi komada hushidan ketish, axilik najas paydo bo‘ladi. 
Jigar o‘lchami juda kichrayadi. Siydikda oqsil va silindrlar paydo 
bo‘ladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling