M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
Og‘riqni qoldirish.
Narkotiklar: morfin (l% – 1–2 ml), promedol 2% – 1–2 ml, omnopon 1–2%–1 ml, og‘riqni qoldiruvchi «kokteil» – promedol + 50% – 2 ml analgin, 1% – 1 ml dimedrol, 1% – 0,5 atropin. 248 Neyroleptoanalgeziya: fentanil (narkotik analgetik) + droperi- dol (neyroleptik) – 2 ml, 3 ml. Fentanil 0,005% – 1–2 ml, droperi- dol 0,25% – 2–4 ml. Talamanal. antikoagulyantlar: geparin, fibrinolizin, dikumarin; – nitratlar va nitritlar: nitrong, erinit, nitrosorbit, natriy nitrit; – fibrinolitik preparatlar: fibrinolizin, streptokinaza, strepto – dekaza; oksigenoterapiya, yurak glikozidlari, elektr stimulatsiya. – Miokard infarktining har xil asoratlari ularning turiga ko‘ra davolanadi. Profilaktikasi. Miokard infarkti paydo bo‘lishining etiologik sabablarining oldini olish (ateroskleroz, gipertoniya). Miokard infarkti rivojlani- shiga sabab bo‘ladigan omillarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash. Dispanser kuzatuvi, infarkt oldi holatlariga o‘z vaqtida davo qilish. bemorlarda hamshiralik parvarishi Miokard infarktiga shubha qilinganda bemorni zudlik bilan kasalxonaga olib borish zarur. Bemor zambilda, kiyimida, qabulxonada yechintirmasdan olib ketiladi. Zambildan bemor palatadagi karavotga olib yotqiziladi. Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarga davo qilishda rejim katta ahamiyatga egadir. Bunday bemorlar uzoq vaqtgacha o‘rinda qimirlamay yotishi jismoniy hamda ruhiy jihatdan tamomila xotirjam bo‘lishi kerak. Bemorni yuvintirish, badanini artish, tuvak tutish ishlari juda ehtiyotkorlik bilan bajariladi. Tibbiyot hamshirasi miokard infarkti bilan og‘rigan bemor- larga parvarish qilish qoidalarini yaxshi bilishi kerak. Avvalo bemorga jismoniy tinchlik yaratish zarur. Bir yon boshdan ikkinchi yon boshga o‘girilishga ruxsat berilmaydi. Yurakda og‘riq paydo bo‘lganida til tagiga validol yoki nitroglitserin beriladi. Nitroglitserin bir chaqmoq qandga tomizilib tez so‘rish uchun bemorga beriladi. 249 Birinchi kunlari bemorni yarim suyuq ovqat bilan qoshiqda kam-kamdan ovqatlantirib turiladi. Keyingi kunlarda ovqatning umumiy kalloriyali hajmi cheklanadi. Suyuqlik sutkasiga 600 milli miqdorda ichishga ruxsat etiladi. Bug‘da pishirilgan kotletlar, ezilgan tvorog, olma, lavlagi, sabzi, qora olxo‘ridan tayyorlangan pyure berib turiladi. Bu ichak peristaltikasini kuchaytiradi va uning bo‘shalib turishiga yordam beradi. Metiorizmga sabab bo‘ladigan taomlarni bermaslik kerak. Chunki qorinning dam bo‘lib turishi yurak ishini qiyinlash- tirib qo‘yadi va og‘riqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorga har safar kam-kamdan ovqat berib turish lozim. Bemorga bir yon boshdan ikkinchi yon boshga o‘girilib yotishga ruxsat etilgandan keyingina ovqat miqdori ko‘paytiriladi. Bunda: qaynatilgan go‘sht, baliq, ho‘l meva va sabzavotlar beriladi. Bemorning ichi qotib qabziyat bo‘lganida tozalash huqnasi o‘tkaziladi. Yotoq yaralarining oldini olish uchun rezina chambarlar qo‘yiladi. Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorning choyshablarini ehtiyot bo‘lib almashtirish kerak. Bunda choyshab bemorning oyoqlaridan beliga tomon hamda boshidan beli tomon bint ko‘rinishida o‘rab kelinadi, so‘ngra bemorning beli sekin ko‘tarilib, kir choyshab chiqarib olinadi va tozasi yana xuddi shu taxlitda solib beriladi. Bemor terisi har kuni dezinfeksiyalanuvchi eritma bilan artib turiladi. Bemorni har qanday hayajon va bezovtalikdan ehtiyot qilish lozim. Yurak sohasida og‘riqlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga xabar berish lozim. Ichak faoliyatini kuzatish muhim ahamiyatga ega. Najas turib qolganda huqna qilish yoki bemorga surgi dori berish lozim. Bundan tashqari, bemor davolash mashqlarini qanchalik yaxshi va to‘g‘ri bajarayotganini (asta-sekin, oyoq-qo‘llarining passiv harakatlaridan faol harakatlar va nafas mashqlarigacha) kuzatish lozim. Bemorning faollik darajasini asta-sekin oshirishda, yurak qisqarishi chastotasi va arterial qon 250 bosimni nazorat qilishda, dorilarini o‘z vaqtida qabul qilishga yordam berishi lozim. Shuningdek, ovqatlanishni cheklash zarur, buning uchun gaz hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlarni ovqat ratsionidan olib tashlash lozim. Parvarish qilishda bemor uchun tinch holat, yaxshi kayfiyat va kelajakka bo‘lgan ishonch majburiy shartlardandir. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling