M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


I daraja – yuzaki epidermal kuyish. Teri qizaradi va shishadi. II daraja –


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

I daraja – yuzaki epidermal kuyish. Teri qizaradi va shishadi.
II daraja – teri yuqori qavatining kuyishi. Teri qizaradi va 
har xil kattaliklardagi pufakchalar hosil bo‘ladi, ularning ichi 
tiniq yoki xiraroq suyuqlikka to‘la bo‘ladi.
III daraja – terining butun qavatini va qisman teri osti yog‘ 
to‘qimasini egallaydi. Bunda to‘qimalardagi oqsillarning ivib 
qolishi natijasida teri po‘stloq hosil qilib nekrozlanadi (o‘ladi).
IV daraja – chuqur to‘qimalarning, ya’ni pay, suyak, 
mushaklarning kuyishi (to‘qimalar nekrozi, ko‘mirga aylanishi).
Barcha xildagi kuyish qattiq og‘riq bilan kechadi: ko‘p joy 
qattiq kuyganda shok paydo bo‘lishi mumkin. Kuyishning og‘ir-
yengilligi xavfi faqat kuyish darajasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki 
kuygan sathning katta-kichikligiga ham bog‘liqdir. Masalan, 
badan sathining 1/3 qismi (bolalarda esa hatto 1/4 – 1/8 qismi) 


253
kuyishi odam hayoti uchun xavfli bo‘lishi, badan sathining 
1/3 – 1/2 qismidan ko‘prog‘ining kuyishi, odatda, o‘limga sabab 
bo‘lishi aniqlangan.
III darajada agar badanning 10% idan ko‘prog‘i kuysa, kuyish 
kasalligi boshlanadi. Bu kasallik nerv sistemasi faoliyatining 
buzilishi bilan xarakterlidir. Ko‘p suyuqlik yo‘qotish va kuchli 
og‘riq natijasida shok boshlanadi. Tana harorati 39°–40° ga 
ko‘tariladi. Kuygan soha bitishdan to‘xtaydi, yiringli jarayon 
kuchayadi, umumiy ahvol og‘irlashadi, ishtaha yo‘qoladi, bemor 
qusadi, oza boshlaydi va organizmning umumiy intoksikatsiyasi 
boshlanadi.
Kuyganda to‘g‘ri tibbiy yordam jarayoni ko‘rsatish uchun 
kuygan joyni o‘lchash muhim ahamiyatga ega.
1. Kaft bilan o‘lchash – katta yoshli odamda kaftning ichki 
yuzasi butun badan yuzasining 1–2% ini tashkil etadi. Kuygan 
joyga sterillangan salfetka yopib o‘lchanadi va shu son 1 yoki 1,2 
ga ko‘paytiriladi.
2. To‘qqizlar qoidasiga muvofiq о‘lchash — bosh, bo‘yin yu-
zasi badanning 9% ni, bir qo‘l yuzasi 9% ini, tana 36% ini, har 
bir oyoq yuzasi 18% ini, oraliq va jinsiy organlar 1% ini tashkil 
etadi. Raqamlardan foydalanib kuygan yuzani taxminan aniqlash 
mumkin.
3. Kishi tanasining umumiy sathi 16000 sm
2
ga tengdir. Uni 
hisobga olib Postnikov (1949) kuyish joyiga steril sellofan qo‘yib, 
kuygan sathni aniqlashni ishlab chiqqan.
Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish umumiy va mahalliy 
choralardan iborat bo‘ladi.
Bu holda asosiy vazifalardan biri zararlanganni yong‘indan 
olib chiqish, yonayotgan joyni o‘chirish yoki kuyayotgan kiyimni 
yechib olishdir. Kiyimni tez o‘chirmoq darkor, buning uchun 
shikastlangan kishi choyshabga tez o‘raladi yoki qalin mato 
ishlatsa ham bo‘ladi. Kuygan joydan kiyimlar kesib olinadi
dastlabki 20 daqiqada kuygan sathlar sovuq suv bilan chayiladi 


254
yoki botirib turiladi. Bu yordam ta’sirida og‘riq kamayadi, 
travmatik shokning oldi olinadi. Keyinchalik kuygan joylar spirt 
bilan artilishi mumkin. So‘ngra kuygan sath toza choyshab yoki 
uzunasiga qirqilgan, iloji bo‘lsa, dazmollangan kiyim-kechak 
bilan o‘raladi. Quruq, imkon boricha sterillangan bog‘lam 
ishlatilgani ma’qul. Shuningdek, maxsus aerozollar (olazol, 
amprovizol, pantenol, oleol – ko‘pik hosil qiluvchi aerozol 
+ senovokain + dioksidin) va og‘riq qoldiruvchi moddalar 
ishlatiladi.
Oyoq-qo‘lning ko‘p joyi kuyganda, transport shinasi qo‘yish 
shart. Badan sathining ko‘p joyi kuyganda bemor sterillangan 
choyshabga o‘raladi. Kislota va ishqor ta’sirida kuyganda teriga 
tushgan kimyoviy moddalarni tezda sovuq suv bilan yaxshilab 
yuvish kerak. Shundan keyin kislotalar ta’siri ishqorlar bilan (2% 
li soda eritmasi, sovunli suv, bo‘r kukuni, qizdirilgan inagneziya 
sepmasi), ishqorlar ta’siri esa kislotalar (1–2% li sirka va limon 
kislota) bilan neytrallanadi. Qizilo‘ngach va me’da kimyoviy 
moddalardan kuygan birinchi soatlarda me’da ehtiyotlik bilan 
ko‘p miqdordagi suvda yuviladi, agar yuvish mumkin bo‘lmasa, 
kuygan bemorga sut yoki paxta yog‘i ichiriladi. Birinchi yordam 
ko‘rsatilgandan keyin bemor tibbiyot muassasasiga jo‘natiladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling