M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Nazotraxeal intubatsiya. Intubatsion trubka uzoq vaqt 
turganda va stomatologik operatsiyalarda qo‘llaniladi. Uchiga 
glitserin surtilgan trubkani ehtiyotlik bilan burun katagiga 
kiritilib, burun-tomoqqa yuboriladi. Laringoskopiya qilish uchun 
trubkani uchidan ushlab (korntsang bilan) traxeyaga yo‘nal-
tiriladi.
Ko‘rmasdan burun orqali traxeyani intubatsiya qilish larin-
goskopiya qilishning iloji bo‘lmaganda (travmatik defektlarda, 
anomaliyalarda) qo‘llaniladi. Bunda trubkani halqumga bu-
running pastki yo‘li orqali yo‘naltiriladi. Trubka teshigidagi 
nafas shovqini u hiqildoqqa yaqinlashganda kuchayadi. Trubka 


266
ovoz bog‘lamlari orasidan o‘tganda yo‘tal paydo bo‘ladi. Nafas 
to‘xtaydi, keyin tiklanadi. Trubka to‘g‘ri turganligini sun’iy nafas 
berib ko‘krak qafasini ekskursiyasiga va auskultativ nazorat 
qilinadi.
Agar urinish samarasiz bo‘lsa yoki trubka to‘siqqa uchrasa, 
uni biroz tortiladi va qaytadan traxeya intubatsiya qilinadi.
Barmoq orqali ko‘rmasdan intubatsiya qilish laringoskopsiz 
holatlarda qilinadi. Tilni tortib, ko‘rsatkich barmoq og‘iz 
halqumga tiqiladi, hiqildoq qopqog‘ini barmoq bilan ko‘tarib, 
barmoq uchi ovoz tirqishiga qo‘yiladi. Barmoq trubkani 
yo‘naltirish uchun bu usul ham qo‘llaniladi.
Hamshira traxeyani muvaffaqiyatli intubatsiya qilish uchun 
kerakli anjomlarni tayyorlashi, intubatsiya vaqtida shifokorga 
assistentlik qilishi, favqulodda holatlarda – shifokor yo‘qligida 
bu vazifani o‘zi uddalay bilishi kerak.
Siydik pufagini (naychalash) kateterlash
Siydik pufagini (naychalash) kateterlashda:
1. Aseptikaning barcha qoidalariga rioya qilish.
2. Yaxshi sterillangan kateterga vazelin yoki glitserin surtib 
ishlatish.
3. Kateterlashdan oldin qo‘lni yaxshilab yuvish.
4. Kateterning siydik pufagiga kiradigan qismiga qo‘l tekkiz-
maslik.
5. Kateterni pinset yordamida kiritish zarur.
Ayollarda siydik chiqarish kanali kichik va to‘g‘ri bo‘lgani 
uchun kateter qo‘yish ancha oson. Ularga Petser kateteri 
ishlatiladi. Bunda yo‘naltirgich (provodnik) yordamida hamshira 
(furatsillin bilan tashqi jinsiy a’zolarni yuvgandan keyin) bir 
qo‘li bilan katta uyatli lablarni kengaytiradi, ikkinchi qo‘li bilan 
esa pinset yordamida kateter qo‘yadi. Erkaklarda tashqi siydik 
chiqaruv kanali antiseptik eritma (furatsillin) bilan yuviladi 
chap qo‘li bilan jinsiy olat vertikal holatga keltirilib, shu qo‘lning 


267
ko‘rsatkich barmog‘i bilan jinsiy olat lablari kerilib uretra teshigi 
orqali kateter (Timan, foli-manjetka bilan) uchidan ushlab siydik 
chiqaruv kanaliga kiritiladi. Kateter maxsus siydik yig‘uvchi 
idishga ulanadi. Siydik chiqaruv kanaliga infeksiya tushishining 
oldini olish uchun siydik pufagi 1 sutkada 2–3 marta iliq 
furatsillin (1:5000) bilan yuviladi. Hamshira ayol va erkaklar 
siydik qopini rezina (plastik) kateterlar bilan, aseptika qoidalariga 
rioya qilib naychalashni, uni parvarishlashni, maxsus idishlarga 
siydik to‘plashni bilishi kerak.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling