262
naychalashdan enteral ovqatlanishda ham foydalanish mumkin.
Ba’zan nay (komatoz bemorlarda)
traxeyaga ketib qolishi
mumkin, bunda kuchli yo‘tal kuzatilib, nayning qarama-qarshi
tomonidan nafas shovqini eshitiladi. Bunday holatda nayni darhol
olib tashlash kerak (laringospazm yuzaga kelishi mumkin).
Ba’zan og‘ir holatlarda va oshqozon to‘la bo‘lganda naychalashni
osonlashtirish uchun to‘g‘ri laringoskopiyadan foydalaniladi
(ezofagoskopiya). Bunda kornsang bilan nay qizilo‘ngach orqali
oshqozonga yuboriladi. Traxeyani intubatsiya qilish oshqozon
shirasi bilan o‘pka aspiratsiyasining oldini oladi.
Oshqozon
nayi burun katagida uzoq vaqt turib qolsa, yotoq yara yoki otit
keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har 2
kunda boshqa
burun katagiga almashtiriladi. Zond qo‘yish vaqtida qizilo‘ngach
devorlari shikastlanishi, qonashi mumkin. Bu mediastinitga sabab
bo‘lishi mumkin. Nayning uzoq turishi esa burun nafasini va
balg‘am chiqarishning buzilishiga olib keladi.
Hamshira oshqozonga zond qo‘yish va yuvishni,
uni parva-
rishlashni bilishi lozim. Operatsiyadan keyingi bemordagi zond
davolovchi shifokor ruxsatidan so‘ng olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: