M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Uxlatuvchi moddalar bilan zaharlanish


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Uxlatuvchi moddalar bilan zaharlanish.
Bunda ko‘rsatiladigan birinchi yordam: jabrlanuvchi koma 
yoki chuqur uyquga ketgan holatda bo‘ladi. Nafas vaqt-vaqti bilan, 
rangi oqarib ketgan yoki sianoz (ko‘karish), harorati ko‘tarilgan, 
keyinchalik toshma toshishi mumkin. Aktivlangan ko‘mir yoki 
qandaydir boshqa sorbentlardan foydalanish, oshqozonni yuvish 
va kuchli ichni suruvchi vositalarni yuborish shart.
Alkogol bilan zaharlanish.
Bunda shuni unutmaslik kerakki, alkogol katta miqdorda 
qabul qilinganda yaqqol psixotrop ta’sirga ega. Boshlang‘ich dav-
rida o‘zini idora qila olmaslik, og‘riq sezishning pasayishi va 
hushidan ketish kuzatiladi. Birinchi yordam shundan iboratki, 
tezlik bilan oshqozonni yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchan-
ligini ta’minlash, yurak dorilarini berish va iloji bo‘lsa, kisloro-
doterapiyani boshlash kerak.


259
Gazdan zaharlanish.
Is gazi avtomashinalardan chiqadigan gazlar tarkibida va 
uylar pechka bilan isitilganda hosil bo‘ladi. O‘tkir zaharlanganda 
psixonevrologik buzilishlar ustun turadi, bosh og‘rishi, bosh 
aylanishi, chanqash, qayt qilish, hushdan ketish, nafas olishning 
buzilishi kuzatiladi. Birinchi yordam, avvalambor, jabrlanuvchini 
o‘choqdan zudlik bilan olib chiqishdan boshlanadi. Bronxlar 
o‘tkazuvchanligini ta’minlash, havo-kislorod aralashmasini uzoq 
vaqt kiritish va yurak-tomir preparatlarini yuborish zarur.
Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy sharoitida 
fosfororganik birikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu 
modda asab sistemasiga ta’sir qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, 
bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas olishning buzilishi (bu holat 
nafas muskullarining bo‘shashishi bilan bog‘liq), qorinda og‘riq 
va ich ketishi kuzatiladi.
Davolash:
iloji boricha tezroq organizmdan zaharni chiqarib tashlash 

(oshqozonni yuvish, ichni suruvchi vositalarni qo‘llash);
maxsu

s antidot moddalar yuborish.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling