M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislorod ingalyatsiyasi
oksigenoterapiya
oksigenoterapiya – bu to‘qimalarga yetib borayotgan kislorod miqdorini turli texnik vositalar yordamida oshirishga qaratilgan usul va harakatdir. Oksigenoterapiyadan maqsad gipoksiyani yo‘qotish va gipoksiya kelib chiqishining oldini olishdir. Organizmga qo‘shimcha kislorodni ingalyatsiya, giperbarik oksigenatsiya (GBO), enteral (oshqozonga), venaga, ekstrakorporal usullar bilan berish mumkin. Kislorod ingalyatsiyasi – amaliy tibbiyotda eng ko‘p tarqalgan. U nafas olinayotgan havodagi yoki gaz aralash- masidagi kislorodning foiz miqdorini oshiradi. So‘ng plazmada kislorod parsial bosimi ko‘tariladi, gemoglobinning kislorod bilan to‘yinishi ortadi. Kislorodning plazmada eruvchanligi kuchayadi. 263 Kislorod ingalyatsiyasi samarasiga: bemorga berilayotgan konsentratsiyasi nafas yo‘llari ochiqligi alveolalar soni va funksional holati, alveokapillar qon aylanishi (mikroserkulatsiya), alveokapillar va eritrotsitlar membrana o‘tkazuvchanligi, gemoglobinning kislorodni o‘ziga bog‘lab keyin to‘qimalarga berish xususiyati va to‘qimalarning kislorodni o‘zlashtira olish xususiyatlari ta’sir qiladi. To‘qimalar metobolizmi qancha yuqori bo‘lsa (gipertermiya) shuncha kislorodga ehtiyoj ko‘p bo‘ladi. Oksigenoterapiyaga ko‘rsatmalar: turli gipoksiyalar. Gipoksiyaning klinik belgilari: sianoz (lablar, tirnoq osti teri qoplamalari), hansirash (taxipnoe bradipnoega o‘tib, keyin nafas to‘xtaydi), taxikardiya (dekompensatsiya bo‘lsa, bradikardiyaga o‘tib so‘ng yurak to‘xtaydi) arterial gipertenziya yoki gipo- tenziya, es-hushining yo‘qolishi – psixomator qo‘zg‘alish sopor, koma, tonik va klonik talvasalar. Kislorod ingalyatsiyasi uchun intranozal (burun) naychalar, bosh tentlari, yuz niqoblari (shu jumladan Ambu qopchasi), mikrotraxeostoma (teri orqali traxeyaga qo‘yilgan naycha vositasida), intubatsion nay, traxeostoma qo‘llaniladi. Ko‘proq burun naychalari va kanulalari ishlatiladi. Yumshoq rezina yoki elastik kateter burun katagiga shunday yuboriladiki, uning uchi og‘iz-halqum ko‘rilganda yumshoq tanglaydan pastda bo‘lishi kerak, ya’ni kateter pastki burun yo‘lida turishi kerak. So‘ngra kateterni yopishqoq tasma bilan burun qanotlariga mahkamlab qo‘yiladi. Chunki u sidirilib tashqariga chiqsa, ingalyatsiya samarasi pasayadi va aksincha ichkariga kirib ketsa, qizilo‘ngachga kislorod yetib oshqozonni shishirib yuborishi mumkin. Kateter qo‘llanilganda «o‘lik masofa» ko‘paymaydi, lekin nafas kontori germetik bo‘lmagani uchun kislorod yuqori konsentratsiyasini hosil qilish qiyin. Kislorod ingalyatsiyasi 3–6 litr/ daqiqa bo‘lganda u qitiqlovchi va qurituvchi ta’sir ko‘rsatib bemorda negativ reaksiya paydo bo‘ladi (ingalyatsiyadan bosh tortadi). 264 Kanulalarni esa faqat tashqi burun yo‘liga kiritiladi. Ular qulay bo‘lib, bemor qiynalmaydi. Sanchqisimon burun kanulasi bilan ingalyatsiya o‘tkazilayotgan paytda gaplashish, ovqatlanish mumkin. Hamshira kislorod ingalyatsiyasi uchun apparatni tayyorlashi va muolajani texnika xavfsizligiga amal qilib otkazishi kerak. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling