M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
Traxeya intubatsiyasi
Traxeya intubatsiyasi – nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash va o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi uchun germetiklik hosil qilish maqsadida traxeya ichiga intubatsion naycha kiritishdir. Intubatsiyadan oldin laringoskopiya va traxeya intubatsiyasini yengil lashtirish maqsadida analgetiklar, anestetiklar, trankvilizatorlar, miorelaksant va narkotiklardan foydalaniladi (sababi laringospazm, yurak faoliyati buzilishi) keyin kislorod bilan ingalyatsiya va yordamchi ventilatsiya qilib so‘ng intubatsiya qilinadi. Agar bemor koma holatida bo‘lib traxeal va hiqildoq refleks lari so‘ngan bo‘lsa, laringoskopiya va intubatsiya uchun qo‘shim cha narkotik analgetiklar va trankvilizator, mioreleksantlar qilish ning hojati yo‘q. Gipoksiyada va bradikardiyada vagus refl eks larini bartaraf qilish uchun tomir ichiga atropin sulfat, metasin yuboriladi. Traxeya intubatsiyasi laringoskop bilan og‘iz orqali (orotraxeal intubatsiya) amalga oshiriladi. Orotraxeal intu bat siyada 2 ta holatdan foydalaniladi. Ikkala holatda ham bemor chalqancha yotqiziladi. Klassik qulaylashtirilgan Djekson holatiga bosh ostiga 6–8 sm. li yostiqcha qo‘yiladi (bunda ko‘rinish yaxshilanadi), o‘ng qo‘lning 1 va 2 barmoqlari bilan bemorning tishlari va lablari suriladi. Chap qo‘lda laringoskopni ushlab klinok o‘rta chiziq bo‘yicha tish va tanglay orasiga kiritiladi. Til yuqoriga va biroz chapga suriladi. Bemor labi tish bilan klinok orasiga kirib qolmasligi uchun uni o‘ng qo‘l bilan suriladi. 265 Klinok kiritilishi bilan yumshoq tanglay, tilcha va hiqildoq qopqog‘i ko‘rinadi. To‘g‘ri klinokdan foydalanilganda hiqildoq qopqog‘i ko‘tariladi va ovoz paylari ko‘rinadi. Qizilo‘ngachga kirish hiqildoq ostida tirqishga o‘xshash ko‘rinishga ega. Agar klinok bukilgan bo‘lsa, til ildizi va hiqildoq qopqog‘i asosiga qo‘yiladi va klinok uchi ko‘tarilganda hiqildoq qopqog‘i ochiladi, ovoz bog‘lamlari harakatsiz ochiq holatda ko‘rinadi va traxeya intubatsiya qilinadi. Laringoskopiya vaqtida oldingi kesuvchi tishlarga klinokni tirash tishlar sinishiga, pastki jag‘ chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bemor nafas olayotgan bo‘lsa, ovoz bog‘lamlari ochilib-yopilib turadi. Ovoz yorig‘i yuqorida bo‘lsa, hiqildoqni o‘ng qo‘l bilan pastga ezib obzor va intubatsiya osonlashtiriladi. Vizual nazorat ostida o‘ng qo‘l bilan kerakli kattalikdagi naychani klinok ariqchasi 2–3 sm yoni bo‘ylab ovoz boylamlari orasidan o‘tkaziladi. Intubatsion trubka ovoz bog‘lamlari orqasiga manjetka kirguncha yuboriladi. Manjetkaga havo yuborilib, germetizm hosil qilinadi. Trubka to‘g‘ri turganligini ko‘krak qafasi ekskursiyasidan va o‘pkani eshitib ko‘rib aniqlanadi (chuqur kiritilganda o‘ng o‘pkaga kirib qolishi mumkin). Endotraxeal trubka kattaligi maxsus formula va qo‘llanmalarda foydalanib tanlanadi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling