M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
I daraja – yuzaki epidermal kuyish. Teri qizaradi va shishadi. II daraja –
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- III daraja
I daraja – yuzaki epidermal kuyish. Teri qizaradi va shishadi.
II daraja – teri yuqori qavatining kuyishi. Teri qizaradi va har xil kattaliklardagi pufakchalar hosil bo‘ladi, ularning ichi tiniq yoki xiraroq suyuqlikka to‘la bo‘ladi. III daraja – terining butun qavatini va qisman teri osti yog‘ to‘qimasini egallaydi. Bunda to‘qimalardagi oqsillarning ivib qolishi natijasida teri po‘stloq hosil qilib nekrozlanadi (o‘ladi). IV daraja – chuqur to‘qimalarning, ya’ni pay, suyak, mushaklarning kuyishi (to‘qimalar nekrozi, ko‘mirga aylanishi). Barcha xildagi kuyish qattiq og‘riq bilan kechadi: ko‘p joy qattiq kuyganda shok paydo bo‘lishi mumkin. Kuyishning og‘ir- yengilligi xavfi faqat kuyish darajasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki kuygan sathning katta-kichikligiga ham bog‘liqdir. Masalan, badan sathining 1/3 qismi (bolalarda esa hatto 1/4 – 1/8 qismi) 253 kuyishi odam hayoti uchun xavfli bo‘lishi, badan sathining 1/3 – 1/2 qismidan ko‘prog‘ining kuyishi, odatda, o‘limga sabab bo‘lishi aniqlangan. III darajada agar badanning 10% idan ko‘prog‘i kuysa, kuyish kasalligi boshlanadi. Bu kasallik nerv sistemasi faoliyatining buzilishi bilan xarakterlidir. Ko‘p suyuqlik yo‘qotish va kuchli og‘riq natijasida shok boshlanadi. Tana harorati 39°–40° ga ko‘tariladi. Kuygan soha bitishdan to‘xtaydi, yiringli jarayon kuchayadi, umumiy ahvol og‘irlashadi, ishtaha yo‘qoladi, bemor qusadi, oza boshlaydi va organizmning umumiy intoksikatsiyasi boshlanadi. Kuyganda to‘g‘ri tibbiy yordam jarayoni ko‘rsatish uchun kuygan joyni o‘lchash muhim ahamiyatga ega. 1. Kaft bilan o‘lchash – katta yoshli odamda kaftning ichki yuzasi butun badan yuzasining 1–2% ini tashkil etadi. Kuygan joyga sterillangan salfetka yopib o‘lchanadi va shu son 1 yoki 1,2 ga ko‘paytiriladi. 2. To‘qqizlar qoidasiga muvofiq о‘lchash — bosh, bo‘yin yu- zasi badanning 9% ni, bir qo‘l yuzasi 9% ini, tana 36% ini, har bir oyoq yuzasi 18% ini, oraliq va jinsiy organlar 1% ini tashkil etadi. Raqamlardan foydalanib kuygan yuzani taxminan aniqlash mumkin. 3. Kishi tanasining umumiy sathi 16000 sm 2 ga tengdir. Uni hisobga olib Postnikov (1949) kuyish joyiga steril sellofan qo‘yib, kuygan sathni aniqlashni ishlab chiqqan. Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish umumiy va mahalliy choralardan iborat bo‘ladi. Bu holda asosiy vazifalardan biri zararlanganni yong‘indan olib chiqish, yonayotgan joyni o‘chirish yoki kuyayotgan kiyimni yechib olishdir. Kiyimni tez o‘chirmoq darkor, buning uchun shikastlangan kishi choyshabga tez o‘raladi yoki qalin mato ishlatsa ham bo‘ladi. Kuygan joydan kiyimlar kesib olinadi, dastlabki 20 daqiqada kuygan sathlar sovuq suv bilan chayiladi 254 yoki botirib turiladi. Bu yordam ta’sirida og‘riq kamayadi, travmatik shokning oldi olinadi. Keyinchalik kuygan joylar spirt bilan artilishi mumkin. So‘ngra kuygan sath toza choyshab yoki uzunasiga qirqilgan, iloji bo‘lsa, dazmollangan kiyim-kechak bilan o‘raladi. Quruq, imkon boricha sterillangan bog‘lam ishlatilgani ma’qul. Shuningdek, maxsus aerozollar (olazol, amprovizol, pantenol, oleol – ko‘pik hosil qiluvchi aerozol + senovokain + dioksidin) va og‘riq qoldiruvchi moddalar ishlatiladi. Oyoq-qo‘lning ko‘p joyi kuyganda, transport shinasi qo‘yish shart. Badan sathining ko‘p joyi kuyganda bemor sterillangan choyshabga o‘raladi. Kislota va ishqor ta’sirida kuyganda teriga tushgan kimyoviy moddalarni tezda sovuq suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Shundan keyin kislotalar ta’siri ishqorlar bilan (2% li soda eritmasi, sovunli suv, bo‘r kukuni, qizdirilgan inagneziya sepmasi), ishqorlar ta’siri esa kislotalar (1–2% li sirka va limon kislota) bilan neytrallanadi. Qizilo‘ngach va me’da kimyoviy moddalardan kuygan birinchi soatlarda me’da ehtiyotlik bilan ko‘p miqdordagi suvda yuviladi, agar yuvish mumkin bo‘lmasa, kuygan bemorga sut yoki paxta yog‘i ichiriladi. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin bemor tibbiyot muassasasiga jo‘natiladi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling