M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Monitor kuzatuv: elektrodlar ko‘krak qafasiga yopishtiri-
ladi. Elektrodlar yumaloq shaklda bo‘lib, o‘rtasida elektr to‘kini 
o‘tkazuvchi pasta bo‘ladi. Elektroddan yopishqoq qog‘oz ajratilib, 
elektrodni yopishqoq qismi bilan teriga yopishtiriladi. Teridagi 
tuklar (elektrodlarning teri bilan kontakti yaxshi bo‘lishi uchun) to-
zalanadi va spirt bilan artiladi. Elektrodlarni har kuni yoki kontakt 
buzilganda (ko‘chganda, pasta qurib qolganda) almashtiriladi.
Elektrodlarni ikkinchi standart uzatma ko‘rinishidagi EKG 
olish uchun quyidagi joylarga yopishtiriladi.
Manfiy elektrod (qizil) o‘ng o‘mrovning o‘rtasi pastiga, mus-
bat elektrod chap o‘mrov o‘rta chizig‘i bo‘ylab oltinchi, yettinchi 
qovurg‘alar oralig‘iga, neytral elektrod qora chap o‘mrovning 
o‘rtasi pastiga.
Normal EKGda quyidagi tishlar va intervallar bo‘ladi:
R – ikkala bo‘lmachalar qo‘zg‘alishi, kengligi 0,06 dan 0,1 ga-
cha, balandligi 1,5–2,5 mm.


247
Interval R – Q impulsning bo‘lmachadan qorinchaga o‘tish vaqti.
QRS – qorincha kompleksi qo‘zg‘alishning butun miokard 
qorinchalari bo‘yicha tarqalish vaqti. QRS kengligi 0,06 sek – 0,1 
soniya.
ST interval qorinchalar qo‘zg‘alish intensivligi pasayish vaqti. 
Bu interval doim gorizontal chiziq bo‘lib. yuqori va pastga silji-
shi 1 mm dan oshmasligi kerak.
QT intervali yurak qorinchalarining qo‘zg‘alish vaqtini, ya’ni 
yurak elektrik sistola vaqtini ko‘rsatadi. Normada sistola vaqti 
0,24 dan 0,55 gacha bo‘ladi.
Hamshira elektrokardiogramma olishni, bemorni kardiomoni-
torga texnika xavfsizligiga amal qilgan holda ulashni bilishi ke-
rak. Elektrokardiogrammadagi asosiy o‘zgarishlarni bilishi va 
ular paydo bo‘lganda shifokorni xabardor qilishi lozim.
EKG: T – tishcha amplitudasi juda baland bo‘ladi va 
o‘tkirlashadi. Keyin shikastlanish belgilari paydo bo‘ladi (3 kun 
davomida): subendokardial ishemiya belgilari – ST segmenti izo-
liniyadan pasayib ketadi, T tishcha pasayib, ST intervali bilan 
qo‘shilib ketadi.
Davolash:
Bemorga qat’iy yotoq tartibi yaratiladi. Bemorni qimirlatmas-
dan yotqizib qo‘yiladi. Siqib turgan keyimlari bo‘shatib qo‘yiladi. 
Til ostiga tomir kengaytiruvchi dori vositalari yordamida og‘riq 
kamaytiriladi. Til ostiga nitroglitserin 0,0005 1 tabletkadan be-
riladi yoki izoket ayrazoli 1–2 dozada til ostiga sepiladi. Bu do-
rilarni 3–5 daqiqa oralatib berish mumkin. Kislorod yostig‘i 
yordamida namlangan kisloroddan nafas oldiriladi. Shifokor 
ko‘rsatmasiga binoan nonarkotik analgetiklardan analgin 50% 
4 ml mushak orasi, baralgin 5 ml venaga yuboriladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling