M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Elek trokardiografiya va monitor kuzatuvi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Elek trokardiografiya va monitor kuzatuvi
EKG olish texnikasi: aniq EKG yozuvi olish uchun elek-
trod bemor terisiga yaxshi tegib turishi kerak va bemor elektr 
o‘tkazgichlardan 1,5–2 m uzoqlikda bo‘lishi kerak. Elektrodlar 
oyoqqa (boldirning pastki 1/3 qismiga) va qo‘lga (bilakning past-
ki 1/3 qismiga) teri spirt bilan yaxshilab tozalangach taqiladi. 
Elektrod ostiga natriy xlorning 5–10% li eritmasiga shimdirilgan 
salfetka qo‘yiladi yoki tok o‘tkazuvchi maxsus pastalar surtiladi.
Ko‘krak elektrodlari teriga vakuum hisobiga yopishtiriladi, 
keyin elektrodlar elektr simlar yordamida elektrokardiografga 
ulanadi (qizil o‘ng qo‘ldagi elektrodga, sariq chap qo‘lga yashil 
chap oyoqqa, qora rang o‘ng oyoqqa).
Elektrokardiograf 5 daqiqa davomida qizdiriladi va kerakli 
tezlikka qo‘yiladi (25 yoki 50 mm/soniya). Uzatmalar muruvati 
0 holatiga qo‘yiladi. Maxsus kalibr tugmachasi bosilib, lenta 
tortish mexanizmi ishga tushiriladi.


246
Uzatmalar muruvati holati o‘zgartirilib standart I, II, III va 
kuchaytirilgan bir qutbli aVR (o‘ng qo‘ldan) aVL (chap qo‘ldan) 
aVF (chap oyoqdan) uzatmalar yoziladi.
Bir qutbli ko‘krak uzatmalari, muruvatni «V» holatiga kelti-
rilib, ko‘krak elektrodi quyidagi joylarga qo‘yiladi:
V
1
– To‘sh suyagining o‘ng qirg‘og‘i to‘rtinchi qovurg‘a orasiga.
V
2
– To‘sh suyagi chap qirg‘og‘i to‘rtinchi qovurg‘a oralig‘iga.
V
3
– V
4
va V
2
ni tutashtiruvchi chiziqning o‘rtasiga.
V
4
– Chap o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘yicha beshinchi qovurg‘a 
oralig‘iga.
V
5
– Chap oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘yicha beshinchi qo-
vurg‘a oralig‘iga.
V
6
– Chap qo‘ltiq osti o‘rta chizig‘i bo‘yicha beshinchi qovur-
g‘a oralig‘iga.
Bemor karavotning temir qismiga tegmasligi kerak. Elektro-
kardiograf va bemor yotgan karavot yerga ulanishi kerak. Agar 
bemor sun’iy nafas apparatida bo‘lsa, apparat yerga ulanishi yoki 
qo‘lda (Ambu) sun’iy nafas berilishi kerak.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling