M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Reflektor shakli – kuchli og‘riq va tomirlar tonusining keskin 
tushib ketishi bilan ifodalanadi.
Chin (haqiqiy) shakli – yurak nasos funksiyasining buzilishi 
va umumiy periferik tomirlar qarshiligining ortishi bilan 
ifodalanadi.
Areaktiv shakli – transmural miokard infarkti oqibatida kelib 
chiqadi va periferik tomirlar tonusining keskin ortib ketishi va 
mikrosirkulatsiyaning buzilishi bilan kechadi.
Aritmik shakli – gemodinamikaning buzilishi taxikardiya va 
bradikardiya oqibatida rivojlanadi.
Klinikasi: yurak sohasi, to‘sh orqasida kuchli og‘riq, og‘riq 
chap qo‘l, pastki jag‘ga tarqaladi. Xansirash, o‘lim vahimasini 
sezish. Arterial gipotoniya (A/B 80 mm. sim. ust. teng), tana 
haroratining pasayishi, teri rangining oqarishi, akrosianoz, 
oligoanuriya. EKG da miokard infarktiga xos belgilar kuzatiladi.
V.N. Vinogradov bo‘yicha kardiogen shokning 3 ta darajasi 
farqlanadi:
I daraja (yengil): davomiyligi 3–5 soat, sistolik arterial qon 
bosim 90 mm.sim.ust.teng, puls bosimi 40–25 mm.sim.ust.teng. 
Yurak yetishmovchiligi belgilari sust rivojlangan.
II daraja (o‘rtacha og‘ir): davomiyligi 5 soatdan ortiq, 
sistolik arterial qon bosim 80 mm. sim. ust. past, puls bosimi 
30–15 mm. sim. ust. teng. O‘tkir yurak yetishmovchiligi belgilari 
yaqqol ifodalangan (tinchlikda hansirash, akrosianoz, o‘pkada 
xirillashlar).
III daraja (og‘ir): davomiyligi uzoq, arterial qon bosim 
15 mm. sim. ust. va undan past. O‘tkir yurak yetishmovchiligi avj 
olib boradi, o‘pka shishi kuzatiladi.
Davolash:
1. Markaziy va periferik vena kateterizatsiyasini o‘tkazish.
2. Oksigenoterapiya.
3. Og‘riqni bartaraf etish (Narkotik analgetiklar­morfin 
1% – 1,0, promedol 2% – 1,0). Bemorda qo‘rquv hissini yo‘qotish 
uchun neyroleptoanalgeziya o‘tkaziladi (fentanil 0,005% – 1,0, 


245
droperidol 0,25% – 1,0). Bu usulning afzalligi – simpatoadrenal 
sistemani tinchlantiradi, umumiy periferik tomir qarshiligini 
pasaytiradi, kichik qon aylanish sistemasida bosimni tushiradi, 
periferik qon aylanishni yaxshilaydi. Natijada yurakka tushayotgan 
zo‘riqish birmuncha kamayadi.
4. Trombolitik terapiya. Tromb hosil bo‘lishi va asoratlarni 
oldini olish maqsadida geparin, fibrinolizin, streptokinaza singari 
antikoagulyantlar buyuriladi.
5. Nitrat preparatlari. Nitroglitserin 0,0005 – antianginal mio-
kard ning kislorodga bo‘lgan talabini va chap qorinchaga tushayot-
gan zo‘riqishni kamaytiradi.
6. Arterial gipotenziya va o‘pka shishida gormonlar: gidrokar-
tizon 1000 mg/s, prednizolon 500–600 mg/s tomchi usulida 
buyuriladi.
7. Yurak ritmini tiklash uchun antiaritmik preparatlar 
buyuriladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling