243
4. Shishli shakli. Hansirash, kamquvvatlik, shish, assit,
gepato-
megaliya, ya’ni o‘ng qorincha yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi.
5. Aritmik shakli. Ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya,
titroq aritmiya.
6. Serebral shakli. Miyada qon aylanishi buzilishi bilan kecha-
di. Bosh aylanish, ko‘ngil aynish, qayd qilish, hushini yo‘qotish.
7. Sust simptomli (klinik belgili). Kamquvvatlik, terlash.
asoratlari:
1. Aritmiyalar.
2.
Kardiogen shok.
3. O‘tkir yurak yetishmovchiligi.
4. Perikardit.
5. Yurak yo‘rilishi.
6. Dressler sindromi.
Kardiogen shok
Kardiogen shok – miokard qisqaruvchanlik
qobiliyatining
buzilishi natijasida yurak zarb hajmining keskin kamayishi va
miokard mushaklarining kislorod bilan to‘yinishining buzilishi
oqibatida rivojlangan patologik holat hisoblanadi.
Kardiogen shokning asosiy sababi miokard infarktidir.
Miokard mushaklarining nekrozga
uchragan qismi qisqarish
jarayonida ishtirok etmaydi, agarda 40% va undan ko‘p maydon
qisqarishda ishtirok etmasa, kardiogen shok rivojlanadi. Natijada
yurak zarb hajmi kamayadi. Bu o‘z
navbatida qorinchalarda
bosim ortishiga va qorinchalarning kengayishiga olib keladi.
Qorinchalar yetishmovchiligi arterial bosimning pasayishiga
va kichik qon aylanish sistemasi gipertenziyasiga (o‘pka shishi)
sabab bo‘ladi.
Kardiogen shokning turlari:
Reflektor.
–
Chin (haqiqiy) shakli.
–
Areaktiv.
–
Aritmik.
–