M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Davolash. Kuyishni davolash bir qancha umumiy va mahalliy 
chora-tadbirlardan iborat.
Umumiy choralar – bemorning ahvoliga qarab shokka, 
zaharlanishga, suvsizlanishga, sepsisga va kamqonlikka qarshi 
kurashishdan iborat bo‘ladi. Bemor ko‘p miqdorda issiq shirin 
choy, mors va boshqalarni (bir kunda 4–5 litrgacha) ichishi 
lozim. Shuningdek, suyuqlik teri ostiga, mushaklar orasiga yoki 
huqna holida yuboriladi. Yuqori kalloriyali, oqsil va vitaminga 
boy ovqat yeyish katta ahamiyatga ega.
Mahalliy davolash – birinchi darajali kuyishda kuygan sohaga 
sterillangan vazelin surtish kifoya qiladi. Og‘riqni kamaytirish 
uchun kuygan sohaga 1% li novokain eritmasiga ho‘llangan 


255
sterillangan salfetka yopiladi. Tozalash asosan, kuygan sohani va 
uning atrofini fiziologik eritma hamda 5% yoki 0,5% li nashatir 
spirt eritmasi bilan ohista yuvishdan, iflos qilib turgan narsalarni 
va pufakchalarning qolgan qismlarini olib tashlashdan iborat. 
Tozalashdan keyin har xil bog‘lamlar qo‘yiladi: quruq aseptik
penitsillin yoki novokain eritmasi bilan ho‘l, ko‘pincha esa mazli 
bog‘lamlar (vazelin yog‘i, sintomitsin emulsiyasi, vishnevskiy 
mazi) va boshqalardan foydalaniladi. Kuyishni hech qanday 
bog‘lamsiz ochiq davolash maqsadga muvofiqdir. III–IV darajali 
kuyishda o‘lgan to‘qimalarni olib tashlash (nekroektomiya) va 
terini ko‘chirib o‘tkazish tavsiya etiladi.
Kuyishni mahalliy davolashda bir necha maqsad ko‘zda 
tutiladi. Bunda infeksiyaning oldini olish yoki uni susaytirishga, 
plazma yo‘qotishning oldini olish yoki kamaytirishga, og‘riq 
sezgilarini tugatishga, kuyishdan zararlangan to‘qimalarning 
parchalanish mahsulotlari qonga so‘rilishini kamaytirishga va 
nihoyat, kuygan badanni epiteliy bilan tezroq qoplanishiga 
intilish kerak.
Hozirgi vaqtda kuyishni davolashning ikkita asosiy: ochiq 
va yopiq usuli tatbiq etilmoqda. Ochiq usul bog‘lamsiz usul deb 
ham ataladi. Yopiq usulda har xil dorilar surtilgan bog‘lamlar 
ishlatiladi.
Ochiq usulda davolaganda maxsus vositalardan foydalaniladi. 
Kuygan soha birlamchi tozalanib, bemor karkas ostidagi 
sterillangan choyshabga yotqiziladi. Karkas ustidan sterillangan 
choyshab va adyol yoyiladi. Karkas ichidagi lampalar yoqilib 
bemor isitiladi. Qurigan havo isituvchi ta’sir etib, kuygan soha 
ustida strup zich quruq po‘st hosil qiladi. Bu esa, kuygan sohani 
yaxshi himoya qiladi. Hozirgi paytda kuygan jarohatga terini 
ko‘chirib o‘tkazish usuli ham keng qo‘llanilyapti.
Ba’zan yuz va yuqori nafas yo‘llari kuyganda (qaynoq suv, 
bug‘ yoki gaz) halqum tez shishib, nafas qisganda traxeostomiya 
xirurgik davolash sifatida qo‘llaniladi.


256
Qo‘l-oyoq to‘qimalari qora ko‘mir bo‘lganda tirik to‘qima 
chegarasida amputatsiya qilinadi.
Kuygan bemorlarni parvarish qilish. Kuygan bemorning 
to‘shagi iflos bo‘lmasligi uchun matras bilan choyshab orasiga 
albatta kleyonka solinadi. Ichki kiyimlarini umumxirurgik 
bemorlarga nisbatan, tez-tez almashtirib turish kerak, chunki 
bunday bemorlarda yara yuzasi katta bo‘lganidan kiyim 
ko‘pincha yaradan ajralayotgan suyuqlikni shimadi. Uncha 
katta bo‘lmagan soha kuyganda terini haftada bir marta oddiy 
gigiyenik vanna qilib tozalash oson. Ko‘p joy kuyganda esa 
umumgigiyenik vannalardan tashqari, terining sog‘lom joylari 
har kuni 2% li bor spirt eritmasi bilan artib turiladi. Davolashda 
va parvarish qilishda kuygan bemorni ovqatlantirish juda katta 
ahamiyatga ega.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling