M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

naZorat savollari
Miokard infarkti nima, turlarini sanang.
1. 
Miokard infarkti sabablari, belgilari, davolash usullari.
2. 
Miokard infarktining atipik variantlari, klinik belgilari, shoshilinch 
3. 
yordam.
Miokard infarktida EKG diagnostikasi.
4. 
O‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik 
5. 
parvarishi.
Miokard infarktining asoratlari.
6. 
Miokard infarktida parhezning ahamiyati.
7. 
Miokard infarktini oldini olish choralari.
8. 
2.13. Kuygan bemorlarda hamshiralik parvarishi
kuyish –
 

termik, kimyoviy, elektr toki yoki nurning ta’sirida 
vujudga keladigan shikastlanishdir. Kuyish sabablariga ko‘ra:
termik kuyish
 

(quyosh nuri, ultrabinafsha nurlari, ochiq 
yong‘in, yonib turgan gaz, olov, issiq suyuqliklar, suyuq 
metall sochmalari, bug‘ va boshqalardan);
kimyoviy kuyish –
 

ba’zi kimyoviy moddalar ta’sirida 
(kislota, ishqor, og‘ir metallar tuzi, fosfor va boshqalardan 
kuyish);
nurlanishdan kuyish –
 

ionlantiruvchi radiatsiya ta’sirida 
kuyish;
elektr tokidan kuyish va chaqmoqdan kuyish.
 



252
Kuyish ta’sirida teri va shilliq qavatdagi nerv oxirlari 
ta’sirlanib, kuchli og‘riq yuzaga keladi. Kuchli og‘riq o‘z 
navbatida markaziy asab sistemasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
Issiqlikning to‘qimalarga ta’siridan kapillarlar devorlarining 
o‘tkazuvchanligi oshadi, oqibatda tomir ichidagi zardob teri 
ostiga va to‘qimalarga chiqib ketadi. Natijada kuygan to‘qimalar 
maydoni atrofida shish va pufaklar paydo bo‘ladi. Kuyishning 
2–3 darajalarida suyuqlik yo‘qotish ko‘proq bo‘ladi.
Kuyish oqibatida plazma yo‘qotiladi, bir qism eritrotsitlar 
gemolizga uchraydi va qon aylanishining buzilishi natijasida 
gipoksiya rivojlanadi. Qon quyuqlashadi va uning yopishqoqligi 
oshadi. Kapillarlardan qon oqishi sekinlashadi. Organizmda 
qonning mikrosirkulatsiyasi buzilishi metabolik va biokimyoviy 
o‘zgarishlarga olib keladi. Oxirigacha parchalanmagan moddalar 
miqdori ko‘payadi va atsidoz rivojlanadi. Organizmdagi 
oksidlanish jarayonlarining buzilishi tufayli tana harorati pasaya 
boradi.
Yumshoq to‘qimalar qanchalik chuqur jarohatlanganiga qarab, 
kuyishning quyidagi darajalari farq qilinadi:

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling