M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Fiziologik holat. O‘tkir davrda bemorga qat’iy yotoq tartibi 
tayinlangani sababli, hamshira unga hojat chiqarishda yordam 
berishi lozim. Dastlabki kunlari bemor fiziologik hojatni yotgan 
o‘rnida amalga oshiradi. Hamshira fiziologik hojatda yordam 
berishda minimal harakatlanishni ta’minlaydi.
Og‘riqni yo‘qotish maqsadida qo‘llanilgan morfin gidroxlorid 
ichak peristaltikasiga ta’sir ko‘rsatib, qabziyatga moyillikni 
keltirib chig‘arishi mumkin.
Davolash maqsadida buyurilgan tinch holat va harakatsizlik 
qabziyatga olib kelishi mumkin. Defekatsiya vaqtida odam 
kuchanganda ko‘krak ichi bosimi ko‘tariladi va ushbu holat 
tomirdan qon oqishi hajmini ma’lum bir vaqtga o‘zgartirib, yurak 
ishlashi hajmini oshiradi. Shu sababli najas o‘tishini nazorat 
qilish muhimdir.
Najasni yumshashtirish uchun mo‘ljallangan preparatlar 
yordamida defekatsiya vaqtida kuchanishni yengillashtirishga 
harakat qilish lozim. Yurakka ortiqcha og‘irlik tushmasligi va 
bemor kuchanmasdan hojat chiqarishi uchun muvofiq bo‘lgan 
usullarni tanlashi kerak.
Bemorda ertalabki yuvinish-taranishni amalga oshirish 
vaqtida bemorning ahvolini hisobga olgan holda yordam 
ko‘rsatish kerak. Badanning gigiyenik muolajalari ham 
zaruriyatga ko‘ra badanning alohida qismlarini artishdan butun 
badanni ishqalab artishgacha bajariladi.
Bemorning choyshabi yamoqsiz va choksiz yostiq jildlari 
bog‘ichsiz va tugmalarsiz bo‘lishi kerak. Bemorning qaddini 
baland qilib yotqizish kerak bo‘lganda karavotning bosh tomonini 
ko‘tarib qo‘yiladi. Pastga surilib ketmasligi uchun oyoqlariga tirgak 


251
qo‘yiladi. Og‘ir bemorlar funksional karavotlarga yotqiziladi. 
Bunday karavotda yotgan bemorlarni urintirmasdan ularga qulay 
bo‘lgan sharoitni yaratish mumkun. Kasallik odam organizmining 
barcha a’zolari va sistemalari faoliyatini izdan chiqaradi. Kasal 
organizm teriga nisbatan ortiqcha talablar qo‘yadi, shunga ko‘ra 
bemor ozodalikka rioya qilishning ahamiyati ortadi.
Yuz va bo‘yinni har kuni yuvib turish lozim. Agar bemorga 
turish mumkun bo‘lmasa, u holda hamshira uni bulutcha (gubka) 
vositasida ko‘zadan suv quyib yuvintiradi. Qo‘lni har kuni va har 
gal ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan keyin yuvish 
lozim.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling