M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Sabablari: yurak toj tomiri aterosklerozi, arterial gipertoniya,  asabiy va jismoniy zo‘riqish, qon ivuvchanligining kuchayishi. Klinikasi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Sabablari: yurak toj tomiri aterosklerozi, arterial gipertoniya, 
asabiy va jismoniy zo‘riqish, qon ivuvchanligining kuchayishi.
Klinikasi: miokard infarktning asosiy belgilaridan biri—
yurak sohasida paydo bo‘lgan kuchli og‘riqdir. Bu og‘riq ste-
nokardiya og‘rig‘idan kuchliligi bilangina emas, balki uzoq 
davom etishi bilan ham farq qiladi. Og‘riq 2–3 soatgacha davom 
etishi, yurakdan chap yelkaga, chap qo‘l va ko‘krak ostiga tar-
qaladi. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashuvi bilan davom 
etadi. Ba’zan og‘riq to‘shning so‘rg‘ichsimon o‘simtasi ostida pay-
do bo‘lib, ko‘krak qafasiga qarab tarqaladi. Og‘riq siquvchi yoki 
xuddi kuydirayotgandek xarakterga ega va o‘lim vahimasi bilan 
davom etadi. Og‘riq qoldiruvchi dorilar yuborilganda og‘riq qisqa 
muddatga to‘xtaydi va уana paydo bo‘ladi.
Miokard infarkti belgilarining rivojlanishiga ko‘ra o‘tkir 
miokard infarktining tipik va atipik turlari farq qilinadi. Miokard 
infarktining tipik turida to‘sh orqasidagi yoki yurak sohasidagi 
og‘riq bilan kechadi.
Klinik kechishi 5 ta bosqichdan o‘tadi:
1-bosqich: prodromal davri yoki infarkt oldi bosqichi. 
Uzoqligi bir necha soat, kun, bir oyni tashkil etishi mumkin.
2-bosqich: juda o‘tkir davri – o‘tkir ishemiya paydo bo‘lgan 
vaqtdan nekroz belgilari paydo bo‘lguncha o‘tgan davr bo‘lib, 30 
daqiqadan 2 soatgacha davom etadi.


242
3-bosqich: o‘tkir davri – nekroz rivojlanishi, 2–14 kun davom 
etadi.
4-bosqich: nim o‘tkir davri – nekrotik to‘qima granulatsion 
to‘qima bilan qoplanadi va chandiq hosil bo‘lishining erta davri 
tugaydi.
5-bosqich: infarktdan keyingi davr – chandiqning zichligi 
oshadi va miokard ishida yangi o‘zgarishlarga maksimal 
adaptatsiya davri boshlanadi. 3–6 oy davom etadi.
Miokard infarkti mayda va yirik o‘choqli bo‘ladi.
Klinikasi: juda qattiq intensivlikdagi bosimli, o‘tkir, «xan-
jarsimon» og‘riq bezovta qiladi. U chap qo‘lga, pastki jag‘ga, 
quloqqa, tishlarga, qoringa, chap kurakka tarqaladi. Nekroz 
zonasi qanchalik katta bo‘lsa, og‘riq ham shunchalik kuchli 
bo‘ladi.
Og‘riq bir kuchayadi, bir kamayadi, bir necha soat davom 
etadi (20–30 daqiqadan ko‘p bo‘ladi). Nitroglitserin bilan og‘riqni 
to‘xtatib bo‘lmaydi. Bemorda o‘lim hissi, bezovta bo‘lish paydo 
bo‘ladi. Ayrim hollarda og‘riqsiz kechishi mumkin.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling