M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

 davolash: bemorga 50 ml 40% li glukoza vena ichiga, 5%–
400 ml glukoza vena ichiga, 1 ml 20% li kofein teri ostiga, 2 ml 
kordiamin, 1 ml vitamin B
12
, askorbin kislotasi 5% ligidan 5 ml 
vena ichiga kiritiladi. Qon ketishida qon to‘xtatuvchi ditsinon, 


237
kalsiy xlorid yuboriladi. Kortikosteroidlardan prednizolon, korti-
zon yuboriladi. Ovqat moddalaridan oqsil va yog‘ miqdori chega-
ralanadi.
uremik koma
Uremik koma quyidagi jarayonlardan so‘ng rivojlanadi. 
Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanishda (simob, vismut, oltin, 
uran, sulfanilamidlar). O‘tkir infeksiya – ich terlama, sepsis, 
buyrak kasalliklari: glomerulonefrit, gidronefroz, buyrak sili va 
boshqalarda.
Klinikasi:
Uremiya odatda sekinlik bilan rivojlanadi va oliguriya hamda 
anuriya paydo bo‘lishi bilan kechadi. Sutkalik diurez 300 ml dan 
oshmaydi.
Bemorda dastlabki sutkada adinamiya, ishtahaning yo‘qolishi, 
ko‘ngil aynishi, qusish, ba’zan mushaklar tirishishi, es-hushining 
buzilishi paydo bo‘ladi. Yurak tonlari bo‘g‘iq, bradikardiya 
(1 daqiqada 40 martagacha) rivojlanadi. Siydikda ko‘pincha 
proteinuriya ko‘p miqdorda silindrlar, epiteliy va qon ajrala 
boshlaydi. Qonda azot qoldig‘i miqdori oshadi (500–600 mg) 
nafas olish ham yuza Kussmaul tipida bo‘ladi.
Davolash: bemor venasidan 250–500 ml qon chiqariladi 
va qon almashtirib quyiladi, l % – 2–4 ml laziks fiziologik 
eritmada vena ichiga yuboriladi. 30 ml 40% li glukoza yoki 
500 ml 5% li glukoza vena ichiga tomchilab quyiladi. 300 ml 
4% li natriy gidrokarbonat eritmasi 10 ml 5% li askorbin 
kislotasi venaga yuboriladi. Tirishishda 30% li xloralgidrad 
eritmasidan 100–150 ml tomchilab huqna qilinadi, l yuminal 
0,05 g 1 kunda 3 marta yoki 10% li natriy bromdan 10 ml vena 
ichiga va diuretiklar yuboriladi. Bu tadbirlar natijasiz bo‘lsa, 
2–3 sutka davomida peritonial dializ qilinadi. Bu muolaja 
maxsus buyrak reanimatsiya markazlarida «Sun’iy buyrak» 
apparati yordamida o‘tkaziladi.


238

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling