234
sabablari:
insulin dozasini me’yoridan ortiq qabul qilish;
–
ovqatlanish tartibining buzilishi – zarur miqdordagi oddiy
–
uglevodlarni o‘z vaqtida qabul qilmaslik yoki bir marotaba
ovqatlanishni o‘tkazib yuborish;
haddan tashqari jismoniy zo‘riqish (jismoniy zo‘riqish
–
vaqtida to‘qimalarni insulinga bo‘lgan sezuvchanligini
kamaytiruvchi va jigardagi
glukoneogenez jarayonini
jadallashtiruvchi kontrinsular gormonlar ishlab chiqarilishi
oshadi. Jigardagi glukoneogenez
jarayoni qondagi glukoza
miqdorini saqlab turish va miyaning glukoza bilan
oziqlanishini ta’minlaydi). Insulin qabul qiluvchi qandli
diabetga chalingan bemorlarda uning so‘rilishi va ta’sir
etishi davom etadi. Bu esa glukoneogenez jarayonini
susaytiradi va natijada gippoglikoniyaga sabab bo‘ladi.
Klinikasi: klinik kechishini shartli ravishda ikki bosqichga
bo‘lish mumkin. Boshlang‘ich yoki simpotaodrenal va bosh
miyaga kislorod yetishmasligi oqibatida yuzaga kelgan markaziy
nerv sistemasidagi o‘zgarishlar.
Simpotaodrenal bosqichda
bemorda katexolaminlar ortiqligi natijasida kuzatiladigan
taxikardiya, qaltirash, terlash, ochlik
hissi kabi belgilar paydo
bo‘ladi. Ulardan tashqari bosh og‘rig‘i vahima va bezovtalik
kuzatilishi mumkin. Gipoglekimiya holati rivojlanib borgan
sari markaziy
nerv sistemasi disfunksiyasi, ya’ni mushaklar
tonusining oshishi, o‘zini boshqacha tutish, epilepsiyaga o‘xshash
tirishishlar yuzaga keladi va bemorda koma hamda miya shishishi
rivojlanadi.
Obyektiv tekshiruv ma’lumotlari
Koma oldidan bemor bo‘shashib, holsiz, keyin esa bezovta,
qo‘zg‘aluvchan bo‘lib qoladi.
Bemor agressiv, ma’nosiz xatti-
harakatlar qiladi. Qaltiraydi va es-hushi aynib turadi. Ko‘zdan
kechirganda teri qoplamalari oqargan va nam holatda bo‘ladi.
Muskullar tonusi oshib, klonik va tonik talvasalar kuzatiladi.
235
Ko‘z soqqasi tonusi o‘zgarmaydi. Nafas olishi tezlashadi.
Bemordan atseton hidi kelmaydi.
Puls taxikardiya, arterial qon
bosimi normada yoki sal oshadi. Komada bemor behush bo‘lib,
ko‘z qorachiqlari kengayadi. Nafas olishi tez va yuzaki. Pulsi
ipsimon, AB pasayadi. Muskullar
tonusi pasayib reflekslar
yo‘qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: