M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
«Glazgo» shkalasi bo‘yicha simptomlarni aniqlash
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metabolik коmaning tashxisiy mezonlari Т/r sabablari Tashxisiy mezonlari
«Glazgo» shkalasi bo‘yicha simptomlarni aniqlash
Ushbu shkala oddiyligi va obyektivligi bilan ajraladi. Unda es-hushning buzilishi uchta ko‘rsatkich (ko‘z ochilishi, og‘zaki javob, harakat reaksiyasi) bo‘yicha belgilanadi, buzilish darajasi esa ballarda hisoblanadi. Ushbu test o‘tkazilishi natijasida olingan ballar miqdori quyidagicha sharhlanadi: 15 ball – tiniq es-hush; 13–14 ball – gangish; 9–12 ball – sopor; 4–8 ball – koma; 3 ball – miya o‘lishi. 229 Ayrim kasalliklar natijasida kuzatiladigan modda almashi- nuvining buzilishlari oqibatida yuzaga keladigan organizmdagi o‘zgarishlar metabolik koma deb ataladi. Metabolik коmaning tashxisiy mezonlari Т/r sabablari Tashxisiy mezonlari 1. Qandli diabet Og‘izdan atseton hidi kelishi, degidratatsiya, siydik- da yuqori miqdorda qand va keton tanachalari. 2. Gipoglikemiya Terlash, qaltirash, yuz giperemiyasi, taxikardiya. 3. Uremiya Og‘izdan «uremik» hid kelishi, degidratatsiya, teri qurishi, mushaklar tortishishi, to‘sh ortidagi og‘riqlar, enteropativa. 4. Jigar yetishmov- chiligi Og‘izdan «jigar» hidi kelishi, sariqlik, terida petex- iyalar, qon qusish, burundan qon ketishi. 5. Miksedema Yuz shishishi, bo‘yinda chandiq, teri qurishi, bradikardiya, tana haroratining pasayishi. 6. Giperkapniya Terlash, sianoz, bradikardiya, o‘pka patologiyasi belgilari. umumiy davolash va parvarish qilish choralari Koma holatida birinchi yordam ko‘rsatish va davolashdan oldin uning kelib chiqish sabablari va boshlang‘ich darajalarini aniqlab olish zarur. Bular komani davolash uchun asosiy omil hisoblanadi. Maxsus o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari tashxisni yana ham aniqroq belgilaydi va maxsus davolash tadbirlari o‘tkazishni ko‘rsatib beradi. Koma holatida o‘tkazilgan reanimatsiya tadbirlari miyaning kislorodga nisbatan tanqisligiga, nafas olish va qon aylanishi buzilishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun bemorni yonboshga yotqizib (yengil darajada) og‘ziga havo o‘tkazuvchi naycha kiritiladi, og‘ir holatlarda esa intubatsiya yoki traxeostomiya qo‘yilib nafas beriladi. Zond orqali oshqozon suyuqligini so‘rib olish aspiratsiyaning oldini oladi. Nafas olish va qon aylanish faoliyatlarini ma’lum darajada ushlab turish kerak. O‘mrov osti yoki boshqa katta tomirga kateter qo‘yib 5% glukoza va boshqa doridarmonlar kiritishga kirishmoq kerak. 230 Yuqorida keltirilgan tadbirlar bemorni transportda olib borish uchun ham zarurdir. Koma holatdagi bemor juda ham ehtiyotkorlik bilan olib boriladi va bu paytda kollapsning oldini olish maqsadida 1ml kordiamin tomira ichiga, 2–3 ml sulfakamfokain va 1 ml kofein teri ostiga yuboriladi. Agar bemorda kollaps rivojlangan bo‘lsa, 1 ml mezatonga yoki 0,5 ml noradrenalin 250 ml 5% li glukoza eritmasi bilan 1 daqiqada 20–30 tomchidan tomir ichiga tomchilab yuboriladi. Agar koma holati zaharlanish bilan bog‘liq bo‘lsa, shu joyning o‘zida oshqozonni tozalab (12–15 l) iliq suv bilan yuviladi. Transportda olib borishda har doim sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqi uqalashni o‘tkazishga tayyor turish kerak. Aspiratsiyaning oldini olish maqsadida bemorlarni yonboshi bilan yotqizib bosh tomoni biroz tushirilgan holatda transportda olib borish lozim. Bemorning miyasiga qon quyilishi natijasida sodir bo‘lgan koma holatida transportda olib borish, ayniqsa, xavflidir. Bunday bemorlarni transportda olib borishda yorilgan qon-tomiridan qon oqishi va nafas olishni izdan chiqarishi bilan xavfli hisoblanadi. Agar bunday bemorlarda qon bosimi 180 mm. simob ustunidan yuqori bo‘lsa, transportda olib borishdan oldin, 200–400 mm qonni chiqarib tashlab, ehtiyotlik bilan bemorni zambilga yotqi- ziladi. Boshi chayqalmasligi uchun bemorning boshi oyog‘iga nisbatan yuqori qilib yotqiziladi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling