M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


«Glazgo» shkalasi bo‘yicha simptomlarni aniqlash


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

«Glazgo» shkalasi bo‘yicha simptomlarni aniqlash
Ushbu shkala oddiyligi va obyektivligi bilan ajraladi. Unda 
es-hushning buzilishi uchta ko‘rsatkich (ko‘z ochilishi, og‘zaki 
javob, harakat reaksiyasi) bo‘yicha belgilanadi, buzilish darajasi 
esa ballarda hisoblanadi.
Ushbu test o‘tkazilishi natijasida olingan ballar miqdori 
quyidagicha sharhlanadi:
15 ball – tiniq es-hush;
13–14 ball – gangish;
9–12 ball – sopor;
4–8 ball – koma;
3 ball – miya o‘lishi.


229
Ayrim kasalliklar natijasida kuzatiladigan modda almashi-
nuvining buzilishlari oqibatida yuzaga keladigan organizmdagi 
o‘zgarishlar metabolik koma deb ataladi.
Metabolik коmaning tashxisiy mezonlari
Т/r
sabablari
Tashxisiy mezonlari
1. Qandli diabet
Og‘izdan atseton hidi kelishi, degidratatsiya, siydik-
da yuqori miqdorda qand va keton tanachalari.
2. Gipoglikemiya
Terlash, qaltirash, yuz giperemiyasi, taxikardiya.
3. Uremiya
Og‘izdan «uremik» hid kelishi, degidratatsiya, 
teri qurishi, mushaklar tortishishi, to‘sh ortidagi 
og‘riqlar, enteropativa.
4. Jigar yetishmov- 
chiligi
Og‘izdan «jigar» hidi kelishi, sariqlik, terida petex-
iyalar, qon qusish, burundan qon ketishi.
5. Miksedema
Yuz shishishi, bo‘yinda chandiq, teri qurishi, 
bradikardiya, tana haroratining pasayishi.
6. Giperkapniya
Terlash, sianoz, bradikardiya, o‘pka patologiyasi 
belgilari.
umumiy davolash va parvarish qilish choralari
Koma holatida birinchi yordam ko‘rsatish va davolashdan 
oldin uning kelib chiqish sabablari va boshlang‘ich darajalarini 
aniqlab olish zarur. Bular komani davolash uchun asosiy omil 
hisoblanadi. Maxsus o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari tashxisni 
yana ham aniqroq belgilaydi va maxsus davolash tadbirlari 
o‘tkazishni ko‘rsatib beradi.
Koma holatida o‘tkazilgan reanimatsiya tadbirlari miyaning 
kislorodga nisbatan tanqisligiga, nafas olish va qon aylanishi 
buzilishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Buning 
uchun bemorni yonboshga yotqizib (yengil darajada) og‘ziga 
havo o‘tkazuvchi naycha kiritiladi, og‘ir holatlarda esa 
intubatsiya yoki traxeostomiya qo‘yilib nafas beriladi. Zond 
orqali oshqozon suyuqligini so‘rib olish aspiratsiyaning oldini 
oladi. Nafas olish va qon aylanish faoliyatlarini ma’lum darajada 
ushlab turish kerak. O‘mrov osti yoki boshqa katta tomirga 
kateter qo‘yib 5% glukoza va boshqa dori­darmonlar kiritishga 
kirishmoq kerak.


230
Yuqorida keltirilgan tadbirlar bemorni transportda olib 
borish uchun ham zarurdir. Koma holatdagi bemor juda ham 
ehtiyotkorlik bilan olib boriladi va bu paytda kollapsning 
oldini olish maqsadida 1ml kordiamin tomira ichiga, 2–3 ml 
sulfakamfokain va 1 ml kofein teri ostiga yuboriladi.
Agar bemorda kollaps rivojlangan bo‘lsa, 1 ml mezatonga 
yoki 0,5 ml noradrenalin 250 ml 5% li glukoza eritmasi bilan 1 
daqiqada 20–30 tomchidan tomir ichiga tomchilab yuboriladi.
Agar koma holati zaharlanish bilan bog‘liq bo‘lsa, shu joyning 
o‘zida oshqozonni tozalab (12–15 l) iliq suv bilan yuviladi. 
Transportda olib borishda har doim sun’iy nafas oldirish va 
yurakni tashqi uqalashni o‘tkazishga tayyor turish kerak.
Aspiratsiyaning oldini olish maqsadida bemorlarni yonboshi 
bilan yotqizib bosh tomoni biroz tushirilgan holatda transportda 
olib borish lozim.
Bemorning miyasiga qon quyilishi natijasida sodir bo‘lgan 
koma holatida transportda olib borish, ayniqsa, xavflidir. Bunday 
bemorlarni transportda olib borishda yorilgan qon-tomiridan qon 
oqishi va nafas olishni izdan chiqarishi bilan xavfli hisoblanadi. 
Agar bunday bemorlarda qon bosimi 180 mm. simob ustunidan 
yuqori bo‘lsa, transportda olib borishdan oldin, 200–400 mm 
qonni chiqarib tashlab, ehtiyotlik bilan bemorni zambilga yotqi-
ziladi. Boshi chayqalmasligi uchun bemorning boshi oyog‘iga 
nisbatan yuqori qilib yotqiziladi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling