M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

giperglikemik koma
Qandli diabetning og‘ir asoratlari insulin yetishmovchiligi va 
glukozaning jigar va to‘qimalarda saqlanishi buzilishidan kelib 
chiqadi. Qandli diabet surunkali ko‘rinishda rivojlanib, yengildan 
og‘ir turiga qarab rivojlanib boradi.
Noto‘g‘ri davolanish o‘tkir va surunkali kasallik qo‘shilishi, 
intoksikatsiya, jigar kasalligi diabetning qaytalanishiga bu esa 
koma oldi holatiga olib keladi.
Organizmga glukoza yig‘ilishining buzilishi tufayli keskin 
ravishda karbon suvlar, moylarning almashinuvi ham buziladi. 


231
Natijada keton tanachalari oshib ketadi, bu esa qonda karbonat 
angidrid gazi oshishiga olib keladi.
Giperosmolyar (giperglikemik) koma qonning yuqori osmo-
larligi va giperglikemiya hamda organizmning yaqqol suvsiz-
lanishi bilan kechadi. Qonda keton tanachalari ko‘rsatkichi 
oshmaganda, asidoz aniqlanmaydi. Giperosmolyar koma ikkinchi 
tipdagi qandli diabetda kuzatilib, uning kam uchraydigan 
asorati hisoblanadi va ko‘proq yoshi ulug‘ kishilarda kuzatiladi. 
Bemorlarda uchraydigan o‘tkir kasalliklar, infeksiyalar, sepsis, 
tananing kuyishi, siydik haydovchi dorilarni kop iste’mol 
qilish, o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti ushbu og‘ir asoratning 
rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi holatlar qandli diabetning ikkinchi tipida qonda 
insulinga qarshi garmonlarning keskin oshishiga va oqibatda 
to‘qimalarning unga bo‘lgan sezuvchanligi kamayishiga hamda 
jigarda aminokislotalardan proteoliz va giperglukoneogenez 
kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi to‘qimalar 
tomonidan glukoza parchalanishini qiyinlashtiradi va qonda 
uning miqdori oshishiga olib keladi.
Giperglikemiya natijasida bemorda glukozuriya, osmotik 
diurez, organizmning suvsizlanishi kuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida 
organizmdagi mavjud insulin lipoliz va ketogenez jarayonini 
to‘xtatib turishga hamda ketoasidoz rivojlanishini oldini olishga 
imkon beradi.
Giperosmolyar koma bir necha kun ichida rivojlanib, 
bemorlarni yuqori darajadagi holsizlik, tashnalik va poliuriya 
bezovta qiladi. Deyarli barcha hollarda anoreksiya kuzatiladi. 
Obyektiv ko‘rikda teri va shilliq pardalar quruq, teri elastikligi 
pasaygan, mushaklar va ko‘z soqqasi tonusi susaygan. 
Komatoz holat tez rivojlanadi. Glukozani ko‘p miqdorda miya 
hujayralariga kelishi hamda ko‘plab sorbitol hosil bo‘lishi sababli 
bemorlarda miyada qon aylanishining buzilishiga xos o‘choqli 
o‘zgarishlar kuzatiladi. Og‘ir degidratatsiya holati giperosmolar 
gipotoniyaga, miokardning qisqaruvchanlik faoliyati susayishiga, 


232
koptokchalar filtratsiyasining kamayishiga, oliguriya va 
anuriyaga olib keladi. Natijada bemorda shok, prerenal buyrak 
yetishmovchiligi va chuqur koma rivojlanadi. O‘z vaqtida zarur 
tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim yuz beradi.
Giperglikemik komaga tushgan bemorlar qonida glukoza 
miqdori ko‘tariladi. Qonda kreatenin miqdori oshib ketadi. Ushbu 
komani davolash diabetik ketoasidoz muolajasidan birmuncha 
farq qiladi. Bemorlarga ko‘proq suyuqlik quyish lozim. 
Suyuqlik yuborilish davrida bemor diurezi, arterial qon bosimi
tomir urishi, markaziy venoz bosimini kuzatib borish kerak. 
Ko‘rsatkichlarning ko‘tarilib borishi suyuqlikni kamaytirishga 
ko‘rsatma hisoblanadi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling