M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/191
Sana28.10.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1732525
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   191
Bog'liq
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI

Kuyish shoki
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, xavfsizlik tex-
nikasi qoidalarini buzish (olov, qaynoq suv). Shokning og‘irligi 


226
kuyish maydoni va chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Kuyish may-
doni 10% dan 15–20% gacha bo‘lsa, kuyish shoki kelib chiqadi. 
Kuyish maydoni 9%li qoida bilan o‘lchanadi (qo‘l­oyoq 18%, kal-
la 9%, oldi orqa tana 18%, oraliq qismi l%ni tashkil qiladi.
Kuyish shokining patofiziologiyasi asosida og‘riq, plazma 
yo‘qotish-gipovolemiya yotadi. Hujayralar ichida natriy miqdori 
ortishi natijasida osmotik bosim oshadi, giperkaliemiya yuzaga 
keladi. Qon-tomirlar ichidagi suyuqlik miqdori kamayganidan 
buyrak faoliyati buziladi. Oligoanuriya hosil bo‘ladi. Qonda azot 
shlaklari oshadi.
Kuyish shokida birlamchi bo‘lib og‘riq katta rol o‘ynaydi va 
bemorda kuchli psixomotor qo‘zg‘alish kuzatiladi, taxikardiya, 
hansirash, sistolik arterial qon bosim 90 mm. sim. ust. dan past, 
oligoanuriya kuzatiladi.
Kuyish shoki 4 darajada kechadi:
I daraja – kuyish maydoni 20%, chuqurligi 5–10%;
II daraja – kuyish maydoni 21–50%, chuqurligi 10–30%;
III daraja – kuyish maydoni 50–80%, chuqurligi 10–30%;
IV daraja – kuyish maydoni 80%, chuqurligi 65%.
davolash:
1. Kuygan joylarni tezda sovitish.
2. Og‘riqsizlantirish.
3. Kuygan joylarni steril doka bilan yopish.
4. Infuzion terapiya o‘tkazish (qon zardobi, albumin, kolloid).
5. Mikrosirkulatsiyani yaxshilash (eufillin, novokain, gormonlar).
6. Nafas yo‘llari kuyganda (kislorod bilan davolash, bron-
xolitiklar, sun’iy nafas berish).
7. O‘tkir buyrak yetishmovchiligini davolash (siydik haydov-
chi, antibakterial terapiya).
8. Energetik ta’minotni tiklash (10%li glukoza insulin bilan
enteral ovqatlantirish).
9. Proteolitik fermentlarni neytrallashtirish (trasilol, kontrikal, 
gordoks).
10. Gemodializ.


227
septik shok
Grammanfiy va grammusbat bakteriyalar keltirib chiqaradi.
Septik shok 2 ta fazada kechadi:
Giperdinamik – bemorning yuzi qizargan, badani issiq, tana 
harorati vaqti-vaqtida ko‘tariladi, bemor qaltirab sovuq qotadi.
Gipodinamik – tana harorati 40 darajadan oshadi, havo 
yetishmaydi, bemor qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi, terisi sarg‘ayib, lab 
va tirnoqlari ko‘karadi va bemor hushini yo‘qotadi. Nafas olishi 
50 marta bo‘lib, bemorning qon bosimi pasayadi, pulsi tez va 
ipsimon bo‘ladi. Bemorning ko‘z sklerasi sarg‘ayadi.
Davolash:
1. O‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘tkir yurak yetish-
movchiligi belgilarini bartaraf etish.
2. Antibakterial davo.
3. Simptomatik terapiya.
4. Hayotiy muhim a’zolar funksiyasi tiklangach, infeksiya 
o‘chog‘i sanatsiya qilinadi.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling