M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyayeva-XIRURGIK KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI
3 – og‘ir darajasi: ahvoli og‘ir, esi kirarli-chiqarli, atrofga
befarq qaraydi. Terisi yopishqoq ter bilan qoplangan, lablar, burun, barmoq uchlari ko‘kimtir tusda. Puls ipsimon, 1 daqiqada 140–160 marta uradi. A/B 60 mm simob ustunidan tushib ketadi. Nafas yuzaki va tez. Bemor o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda siydik va najas ajratishi mumkin. davolash. Shokda birinchi yordam ko‘rsatish va davolash unga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish quyidagi tartibda bajariladi: nafas yo‘llarini tozalash va o‘tkazuvchanligini tiklash, – intubatsiya va o‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish; tashqi qon oqishini to‘xtatish, jarohatga aseptik bog‘lam – qo‘yish; og‘riqsizlantirish; – immobilizatsiya qilish; – vena ichiga qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuborish – va gemoglobinning 100 g/l dan past bo‘lmasligini kuzatish; bemorni shikastlangan joydan ehtiyotlik bilan olib chiqish – va tezlik bilan shifoxonaga olib borish. Shikastlanish shokida reanimatsiya tadbirlarining turi hayot uchun zarur organlar faoliyatining buzilishini tiklashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shokni davolash markaziy asab sistemasi faoliyatini normallashtirish, og‘riqqa qarshi kurash, sirkulat- siyadagi qon hajmini to‘ldirish, tomirlar tonusini ko‘tarish, gaz almashinuvi, buyrak, jigar faoliyatlarini va boshqa holatlarini 221 normallashtirish kabi maqsadlarni nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Shikastlanishning og‘ir belgilarini yo‘qotish va kamaytirish bilan birga bemorni ruhan tinchlantirish kerak. Bu maqsadda singan suyak sohasi novokain eritmasi bilan infiltrativ, g‘ilofli anesteziya, qovirg‘alararo blokada qilish kabi og‘riqsizlantiriladi yoki umumiy narkoz usullari qo‘llaniladi. Shu bilan birga reopoliglukin 500 ml sutkasiga 2 marta yuborish, analgetiklar 2 ml, 50% analgin 1–2 ml, baralgin 5 ml tomir ichiga yuboriladi, omnopon, pantopon 1 % – 1 ml va 1–2 ml l % li promedol teri ostiga yuboriladi. Og‘riqsizlantirish uchun azot oksidi bilan yengil narkoz berish ham yaxshi natija beradi. Kalla, ko‘krak shikastlarida vagosimpatik novokainli blokada, qorin va chanoq shikastlarida paranefral blokadalari qilingandan keyin ular 5–6 daqiqa o‘tgach ta’sir qiladi va og‘riqsizlantirish 5–6 soatgacha davom etadi. Bemorga transport immobilizatsiyasi qilinadi. Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklashni kuzatib borish zarur, chunki nafas o‘lishning buzilishi o‘tkir nafas yetishmovchiligiga olib keladi. Tashqi va ichki qon oqishi tufayli vujudga kelgan shokda sirkulatsiyadagi qon hajmini (SQH) to‘ldirish zarur. Davom etayotgan qon oqish paytida qon hajmini to‘ldirish mumkin emas. Shuning uchun ham avval oqayotgan qon to‘xtatilib, so‘ngra uning o‘rnini to‘ldirmoq zarur. Buning uchun turli xil kolloid eritmalar vena orqali yuboriladi. Sintetik kolloid eritmalar poliglukin, reopoliglukin, jelatinol quyiladi. Tuzli eritmalar – ringer, laktosol, natriy xloridning izotonik eritmasi asesol, disol, trisol kabilar quyiladi. Sirkulatsiyadagi qon hajmi tiklanganligini arterial va mar- kaziy venalardagi bosimning ko‘tarilishi bilan aniqlanadi. Shokning hamma bosqichlarida, qon tomirga albatta antigistamin preparatlar (dimedrol, suprastin, pipolfen) inyeksiya qilinadi. 222 Shok paytida har doim nafas buzilishi kuzatiladi. Ko‘krak, umurtqa pog‘onasi va orqa miya shikastlarida va elektr shi- kastlarida nafas olishning buzilishi ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bunday holatda kislorod ingolatsiyasi qilinishi kerak. Yengil shikastlarda kislorod burun orqali qo‘yilgan kateter bilan beriladi. Og‘ir shokda esa, bemor o‘pkasi apparat orqali uzoq muddat sun’iy ventilatsiya qilinadi va gipoksiya bartaraf qilinadi. Modda almashinuvi buzilishining oldini olish va normal- lashtirish uchun 4% li natriy gidrokarbonat (200–300 ml), natriy laktat (200 ml) vena ichiga, 10–15 ml 5% li askorbin kislota, 1–2 ml vitamin B 1 , B 6 , B 12 eritmalari yuboriladi. Gipokalsemiya rivojlangan taqdirda 10% kalsiy xlor, glukoza insulin bilan prednizolon 30–60 mg vena ichiga yuboriladi. Vena ichiga plazma, oqsil gidrolizati, albumin (10–20), 200 ml yuborish bilan organizmdagi oqsillar yetishmovchiligi (gipoprotenemiya) bartaraf qilinadi. Tromboemboliyaning oldini olish uchun 5.000 birlikdan ge- parin har 6 soatda inyeksiya qilib turiladi. Kontrikal 40–60 birlikda yuboriladi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligida esa diuretiklar – peritoneal yoki ekstrokorporal dializ qilinadi. Bemorlar zarur bo‘lsa zond orqali ovqatlantiriladi va umumiy gigiyenik choralar amalga oshiriladi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling