219
rivojlanishida qon yo‘qotish, kuchli og‘riq, to‘qimalarning par-
chalanishi kabi omillar muhim o‘rin tutadi.
Shokning og‘ir kechishiga asab va jismoniy tomondan toliqish,
qo‘rqish, sovuq qotish, och qolish kabilar sabab bo‘ladi.
Ko‘p qon yo‘qotish natijasidagi shok (bolalarda, keksalarda
va og‘riqqa juda sezuvchan shaxslarda) og‘ir kechadi.
Bundan
tashqari, refleksogen sohalar shikastlanganda
ham shok tez
rivojlanadi.
Shikastlanish shokida qon va plazmani ko‘p yo‘qotish natijasida
organizmda aylanayotgan (sirkulatsiyadagi)
qon va plazma hajmi
kamayadi, gipoksiya va giperkapniya rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Sirkulatsiyadagi qon hajmining 20–30
foizga kamayishi va qon
bosimining keskin pasayishi oqibatida o‘lim yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: