Oyoqlardagi surunkali venoz yetishmovchiligi sindromi


Download 32.35 Kb.
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi32.35 Kb.
#1302891
  1   2   3   4
Bog'liq
tromboz (Автосохраненный)


O’tkir tromboz magistral chanoq va son venalarida kuzatilganda, chov sohasida sonning ichki yuzasi bo’ylab og’riq paydo bo’ladi. Aniq shish oyoqlarda, oraliq sohasida, qorinning old devori pastki qismida kuzatiladi. Palpatsiya qilinganda chov va yo’ldosh sohalarida aniq og’riq borligi aniqlanadi. Oyoq terilarida sut rangli oqarish, agar tromboz magistral chanoq va sonda kuzatilganida oq flegmaziya (phlegmasia alba dolens) aniqlanadi. Agar chanoq va oyoq venalarining total trombozi bo’lganida og’ir venoz yetishmovchilik rivojlanib – qo’l flegmaziya (phlegmasia caerulea dolens), ya’ni venoz gangrena paydo bo’lib, o’limga olib kelishi mumkin. Kasallik juda o’tkir, to’satdan chov, son va oyoqlarda qattiq og’riq, tezda oyoqlarda massiv shish, oraliq, dumbada paydo bo’ladi. Terisi ko’kargan, ushlab ko’rilganda sovuq, qoramtir-ko’kimtir dog’lar epidermisning ajralishi bilan , pufaklar (gemorragik suyuqlik bilan to’lgan) paydo bo’ladi. Bu belgilar gangrenaga xosdir. Tezda sezgilar shu sohalarda yo’qoladi. Arteriyalarda pulsatsiya aniqlanmaydi. Bemorlar ahvoli og’ir- kuchli holsizlik, nafasi tezlashgan, baland tana harorati, pulsi tez, kuchsiz, AB juda tushgan. Bunda septik shok qo’shilishi mumkin va 4-8 soat ichida venoz gangrena rivojlanishi mumkin.
Oyoqlardagi surunkali venoz yetishmovchiligi sindromi.
Oyoqlardagi surunkali venoz yetishmovchiligi sindromi (OSVYS)ga olib keluvchi bir qator patologik holatlar mavjud bo’lib, shulardan vena tomirlari varikoz kengayishi va postrombotik sindromlar hisoblanadi. Vena tomirlari kasalligi bilan 9-20% yuqori yoshdagi Yevropa aholisi xastalanib, 0,5-2% bemorlarda trofik yara hosil bo’ladi. Bu odamlarning ko’pchiligini 40-60 yoshli kishilar tashkil qiladi. Surunkali venoz yetishmovchiligining asosida vena qonining oqib ketish xususiyatining buzilishi bo’lib, varikoz kasalligining sekin rivojlanishi o’tkir venoz yetishmovchiligining asorati sifatida (chuqur venalar tromboemboliyasi) paydo bo’lishidir.
Postrombotik sindromida vena qonining oqib ketishi _____________ bo’lgan chuqur venalar orqali yoki kollaterallar va shundan yuzaki venalar orqali noto’g’ri qon oqishi ya’ni kommunikant venalardagi klapanlar yetishmovchiligi ____________ bo’lishi bilan bog’liqdir. Vena qon oqishining buzilishi natijasida hosil bo’lgan qon turg'unligi stazga, suyuqlikning to’xtab qolishiga, to’qimalarda shishning paydo bo’lishiga va bular o’z navbatida trofik o’zgarishlarga olib keladi. Bu hammasi to’qimalarda modda almashinuvi buzilishlarini keltirib chiqaradi.


Download 32.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling