Oyoqlardagi surunkali venoz yetishmovchiligi sindromi


Download 32.35 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi32.35 Kb.
#1302891
1   2   3   4
Bog'liq
tromboz (Автосохраненный)

Klinik manzarasi. Bu kasallik belgisi emboliyaning boshlanish vaqti bilan to’g’ri keladi va og’riqli sindrom bilan boshlanadi. Og’riq birdaniga boshlanadi. Og’riqning o’tkir xarakterligi nafaqat arteriya tomirining bekilib qolishi bilan, hatto kollateral tomirlarda reflektor spazm bo’lishi bilan ham bog’liq bo’ladi. Og’riq− birinchi va doimiy emboliya uchun simptom bo’lib hisoblanadi. Og’riq shunchalik kuchli bo’lishi mumkinki, hatto bemorlar shok holatiga tushib qoladilar. Og’riq ko’pincha oyoq va qo’llarning distal qismida, ayrim holatlarda embol bo’lgan sohada boshlanib keyin distal qismga tarqaladi. Agar avval uyushish, terida murcha yurgandek sezgi paydo bo’lishi, paresteziya, qo’l-oyoqlarda sovuqlik sezish va keyinchalik og’riqning paydo bo’lishi arteriyaning embol bilan to’liq qoplanmaganligidan darak beradi. Arteriyalarda to’liq o’tmay qolishi, ikkilamchi tromb hosil bo’lishi bilan ishemiya rivojlanishi mumkin. Kasallikning bunday kechishi o’n bemordan bittasida katta arteriyalari tromboemboliyasida uchraydi. Juda tez nekrotik simptomlar rivojlanadi: og’riqdan keyin birdaniga uyushish, murcha yurishi sezgisining paydo bo’lishi, undan keyin hamma sezish xususiyatining yo’qolishi bilan biroz vaqt o’tgach mushaklarda harakat yo’qoladi. Bemorlar tromboemboliya bilan umumiy ahvoli yomonlashadi. Bunday kasallik ko’pincha yurak-qon tomir kasalligi bilan og’rigan bemorlarda uchraydi. Puls tezlashadi, sianoz- lablarda, shilliq pardalarda boshlanadi, hansirash, AB-tushadi, shok rivojlanadi. Qo’l-oyoqlarni ko’rganda, terisi oqargan, ko’kimtir dog’lar bilan qoplanadi (marmar rangli teri). Dog’ paydo bo’lgan joylar murda terisini eslatadi. Terisi ushlab ko’rilganda sovuq, ayniqsa periferik sohalarda aniqlanadi, teri harorati past- sog’ tomoniga qaraganda 2-3 gradusga farq qiladi. Og’riq va taktil sezgilari yo’qoladi, bemorlar ko’zlarini yumgan holda terisiga o’tmas narsa tekkanligini yoki igla sanchganligini aniqlab beradi. Agar terida shu holat buzilsa, demak to’qimalarda qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlar bo’lganligini ko’rsatadi. Periferik arteriyalarda puls yo’qoladi. Pulsning yo’qolishi va o’tkir ishemiya manzarasi katta diagnostik ahamiyatga ega. Harakatning yo’qolishi barmoqlardan boshlanadi, avval chegaralangan keyinchalik to’liq falajlik paydo bo’ladi.
Davolash. Bu kasallikda birinchi yordam (tromboemboliya arterial bo’lganda) og’riqsizlantiruvchi preparatlar yuborish, qo’l-oyoqlarni immobilizatsiya qilib, muz to’ldirilgan idishlar bilan o’ralgan holda tezga xirurgiya bo’limiga yuborish kerak. Arterial tromboemboliya bilan bemorlarni davolash individual bo’lib, embolning lokalizatsiyasiga, kasallikning vaqtiga, ishemiya bosqichiga bog’liq. Konservativ davolash bilan birga, 1,5-2 soat ichida operatsiya qilish zarur. Konservativ davolash erta stadiyalarida- boshlanishdan 6 soatgacha o’tganda bemorlarning og’ir ahvolda ekanligida, emboliya mayda arteriyalarda bo’lganda va operatsiyaga tayyorlash maqsadida qilinadi.
Konservativ davolash:

  1. Antikoagulyantlar (geparin natriy, antikoagulyantlar ______________), fibrinolitiklar (streptokinaza, streptodelaza).

  2. Antiseptik terapiya- tomirlarni kengaytiruvchi blokadalar.

  3. Kollaterallarni yaxshilaydigan (Bernard toki, vakuum-apparat).

Xirurgik davolash. Radikal operatsiyalar- embolektomiya, arteriyalar plastikasi, tomirlarni shuntlash, yaxshilash, magistral tomirlar o’tkazuvchanligini tiklamasdan qilinadi.
Simpatektomiya qilinadi. Agar gangrena rivojlangan bo’lsa, amputatsiya qilinadi.


Download 32.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling